Мавзу: Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir pedagogik va psixologik xususiyatlari va ularning bola sog'lom rivojlanishidagi ahamiyati. Annotatsiya



Yüklə 1,07 Mb.
tarix21.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158768
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir pedagogik va psixologik


МАВЗУ: Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir pedagogik va psixologik xususiyatlari va ularning bola sog'lom rivojlanishidagi ahamiyati.
Annotatsiya: Ushbu taqdimotda maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir psixologik xususiyatlari va ularning bola sog‘lom rivojlanishidagi ahamiyatini bilib olishimiz mumkin.
Kalit so’z: bola, mustaqil faoliyat, Maktabgacha yoshdagi bolalar, psixologiya, sog’lom
Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning jismoniy jihatdan o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi notekislik bu davrda ham davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘yining o‘sishini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin. Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari
Yoshi 0–1 1–2 2–3 3–4 4–5 5–6 6–7 Bo‘yi (sm) 25 40 8 4 6–7 7–8 10 Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi tufayli gavdasidagi umumiy mutanosiblik o‘zgaradiBolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi.
Insonning kamol topa borishida maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F.Lesgaftning bu fikri rus pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi. Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir. Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Birinchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xatti harakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar uning jismoniy va psixik jihatdan o‘sib kamol topishniga ta’sir etmay qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan rivojlanishi Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolaning jismoniy jihatdan eng tez o‘sadigan davri bir-ikki yoshligiga to‘g‘ri keladi.
Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning jismoniy jihatdan o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi notekislik bu davrda ham davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘yining o‘sishini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin. Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari: Yoshi 0–1 1–2 2–3 3–4 4–5 5–6 6–7 Bo‘yi (sm) 25 40 8 4 6–7 7–8 10 Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi tufayli gavdasidagi umumiy mutanosiblik o‘zgaradi. Maktabgacha yosh davrida bolaning oyoqlari nisbatan ko‘proq o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham 6–7 yoshgacha bo‘lgan bolaning suyaklari hali yaxshi qotmagan, ya’ni tog‘aysimon holatda bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning pay va muskullari hali baquvvat emasligiga qaramay juda harakatchan bo‘ladilar. Bola 7 yoshga yetgach, umurtqa suyagining bo‘yin qismida oldinga tomon, ko‘krak qismida esa orqaga tomon ma’lum darajada egilish yuz beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa suyagi mana shu shaklda saqlanib qoladi. Bola qaddi-bastining to‘g‘ri bo‘lishida umurtqa suyagining ana shunday holda saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshidagi bolaning bosh suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga to‘lgandan so‘ng bosh miya suyagining orqa va tepa tomonlari tez o‘sadi. Maktabgacha yoshda bolaning ichki organlarida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, bolaning yuragi hajm jihatidan chaqaloq bolaning yuragiga nisbatan 4–5 barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarishda organizm uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi.
Bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunonchi, agar 1 yoshdagi bolaning yuragi bir marta qisqarishda 10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi bir marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/ sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi davrda yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o‘sishi Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida ularning nerv sistemalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar juda katta rol o‘ynaydi. Bolalar nerv sistemalarining eng kuchli taraqqiy etadigan davri 1 yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining o‘rtacha og‘irligi 380–400 g keladi. Bola bog‘cha yoshiga yetguncha uning miyasi g‘oyat tez rivojlanib, deyarli uch baravar ko‘payadi. Demak, bog‘cha yoshiga yetgan bolalar miyasining og‘irligi 1100–1200 g ga yetadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining bundan keyingi takomillashishi davomida bosh miya po‘sti qismidagi markazlarni bir-biri bilan tutashtiruvchi nerv tolalari ham miyelin qobig‘i bilan qoplana boshlaydi. Bosh miyadagi nerv tolalarining miyelin qobig‘i bilan qoplanishi aks ettirish jarayoni, ya’ni psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega.
Nerv tolalari miyelinizatsiyalashganda, birinchidan, qo‘zg‘alishlarning nerv tolalaridan tez o‘tishi ta’minlansa, ikkinchidan, qo‘zg‘alishning faqat tegishli markazgagina borishini ta’minlaydi.
Buning natijasida organizmga tashqi muhitdan ta’sir etib turuvchi turli qo‘zg‘atuvchilar ta’siri tufayli yuzaga keladigan shartli reflekslar (muvaqqat bog‘lanishlar) nisbatan tez hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, har bir qo‘zg‘alishning tegishli markazigagina aniq borishi bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘z harakatlarini epchillik bilan idora qila olishlarini ta’minlaydi.
Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin