Mavzu: Mamlakat milliy iqtisodiyotida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari. Reja


Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 41,83 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü41,83 Kb.
#184491
1   2   3   4
Shohrux Tilovberdiyev (Iqtisodiy xavfsizlik)

Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash
Mamlakat ichki iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish va turmush shroitlarini yaxshilash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy sohada, hayotda keskinlikning vujudga kelishi mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun xavf-xatar tug’dirishi shubhasizdir.
Aholi turmush darajasi barqaror o‘smoqda. Shu boisdan O‘zbekistonda aholi turmush darajasiga va hayot sharoitlari bilan bog’liq ijtimoiy tahdidlar birmuncha kamaydi. Ammo aholi turmush darajasini oshirishda ma’lum muammolarni hal etish taqozo etiladi. Jumladan, turli iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning o‘rtacha ish haqlari keskin farqlanmoqda. Qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan xodimlar ish haqlari o‘rtacha respublika darajasiga nisbatan 60foizdan ortiqni tashkil etib, sanoatdagi o‘rtacha ish haqiga nisbatan bir necha barobarga kam. Bunday tafovut keskin bo‘lib, ma’lum iqtisodiy tahdidni keltirib chiqaradi. Shuningdek, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida, ya’ni sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va san’at sohalaridagi xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqlari o‘rtacha respublika darajasining 60-80 foiz ini tashkil etmoqda. Vaholanki, ushbu tarmoqlarda xodimlarning bilim, kasb-malaka darajalari boshqa tarmoqlardagilarga nisbatan ancha yuqoridir.
Yana bir muhim ijtimoiy tahdid real ishsizlik hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholi ichida ishsizlik darajasi 10 foiz dan oshib ketsa, u iqtisodiy tahdidni vujudga keltiradi. Ishsizlikning vujudga kelishi bozor iqtisodiyoti qonuniyatlaridan biridir. Ammo ishsizlik tufayli kambag’allik, hatto qashshoqlik, jinoyatchilik, narkomaniya va shunga o‘xshash ijtimoiy ofatlar, ijtimoiy norozilikning kelib chiqishi tabiiydir.
Ushbu iqtisodiy tahdidning yana bir xususiyati respublika qishloq xo‘jaligida ortiqcha bandlikning mavjudligi hisoblanadi. Chunki bu mehnat resurslaridan ekstensiv, unumsiz foydalanishga, oxir-oqibatda ishlab chiqarish samaradorligining pasayishiga olib keladi. Mamlakat ichki xavfsizligiga tahdidlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • aholi, shu jumladan, mehnatga layoqatli aholi, mehnat resurslari sonining o‘sish sur’atlarining asosiy fondlar yaratayotgan yangi o‘rinlarning o‘sish sur’atlariga nisbatan orqada qolishi, kelgusida ishsizlar daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kishilar sonining o‘sishiga olib kelishi mumkin;

  • ish haqining aholi, shu jumladan, yollanma ishchi va ishchi xizmatchilarning oila daromadlaridagi ulushining kamayishi, ish haqining rag’batlantiruvchanligining pasayishi;

  • aholi tarkibida nafaqa yoshidagi keksa kishilar ulushining ko‘payishi kelgusida ularning ijtimoiy ijtimoiy ta’minoti masalalarida muammolar tug’diradi;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillarning ko‘payishi;

  • soliq yukining og’irligi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omil hisoblanadi.

Mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga kishilar o‘rtasidagi noformal, iqtisodiy aloqa va munosabatlar ham tahdid soladi. Bu tahdidda sabab bo‘luvchi holatlarni kassa nazoratidan tashqaridagi hisob-kitoblar, maishiy xizmat ko‘rsatish, uy-joylarni ijaraga berishga naqd pulni noformal munosabat va aloqalarda ko‘rish mumkin.
Xufyona iqtisodiyot sektorining mavjudligi mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun korxonalar xo‘jalik moliyaviy faoliyati, jismoniy shaxslarning daromad olishi va xarajatlari to‘g’risidagi haqqoniy axborotlarni to‘plash, tahlil qilish asosida iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni keng qamrovli nazorat qilish tizimini shakllantirish lozim. Bunda davlat boshqa organlar, nodavlat tashkilotlar, uyushmalar bilan o‘zaro bog’liqlikda aloqadorlik, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak bo‘ladi.
Har bir mamlakat uchun obyektiv ravishda real va imkoniyatdagi iqti-sodiy tahdidlar mavjud. Iqtisodiy tahdidlar deganda mamlakat iqtiso¬diyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hamda davlat, mintaqalar, korxonalar, oila, inson shaxsining iqtisodiy manfaatlarini cheklovchi hodisa va jarayonlar tushuniladi.
Iqtisodiy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. Odatda eng katta xavf ichki tahdidlardan kelib chiqadi deb hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlik uchun chegaraviy qiymatlar, ya’ni eng katta va eng kichik kattaliklar (qiymatlar) muhim rol o‘ynaydi, chunki ularga rioya etmaslik iqtisodiyotning barbod etilishi xavfiga ega bo‘lib, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib keladi.



Yüklə 41,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin