2. E – Umumiy inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-rasm).
3-rasm
3. I – Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». Hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Bu hukmda S ham, R ham to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-rasm).
4-rasm
YAna bir misolni ko‘ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – vrachlar, R – xirurglar, ba’zi-mavjudlik kvantoridir. Hukmda sub’ekt to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to‘liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi vrachdir. Predikatning hajmi sub’ektning hajmiga kirgani uchun u to‘liq hajmda olingan bo‘ladi (5-rasm).
5-rasm.
4. O – Juz’iy inkor hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda, predikati esa to‘liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S – yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Hukmning sub’ekti to‘liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr Yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa to‘liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-rasm).
6-rasm
YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liq hajmda, juz’iy hukmlarning sub’ekti to‘liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt to‘liq hajmda bo‘ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R £ S bo‘lgandagina to‘liq hajmda bo‘ladi, boshqa hollarda esa to‘liqsiz hajmda olinadi.
Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to‘g‘ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |