3. Ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot (multimedia, test, konferensiya).
Tayanch tushunchalar: I.A.Karimov, ma`naviyat, milliy g’oya, milliylik, umuminsoniylik, qadriyat, ma`rifat, ijtimoiy taraqqiyot.
Xulosa. Demak, ma’naviyat keng ma’noda – bu qaror topgan munosabat: baholash, qo`llab-quvvatlash yoki inkor qilish, aqliy va hissiy muhit, ijtimoiy hodisalarga nasbatan faollik va h.k. Muhit ma’naviyatning eng umumlashgan uzluksiz shakli, ma’daniyat esa uzlukli (diskret) shaklidir
Umumiy xulosa. Mazkur mavzuning yuqorida qayd etilgan masalalarini chuqur o`rganish va keng mushohada qilishning ijtimoiy-siyosiy tomonlari bilan birgalikda umumbashariy ahamiyati ham mavjud bo`lib, ular quyidagilarda o`z aksini topadi:
- birinchidan, ma`naviyat orqali inson tabiat va jamiyat bilan bir butunlikni tashkil qiladi, uyg`unlshadi. Insonning tabiatga va jamiyatga ijobiy ta`siri ma`naviyatga, salbiy ta`siri esa undagi kamchiliklarga bog`liq;
- ikkinchidan, buyuk ajdodlarimizning bag`ri kengligi, mazhabparastlikka berilmaganligi, ular dunyoqarashida dunyoviy va diniy ilmlarning mushtarakligi, sabr - qanoatligi kabi ma’naviy qadriyatlari barchamizga namuna ibratdir;
- uchinchidan, boy ma'naviy qadriyatlarimiz yoshlar ongiga milliy g`oya va istiqlol mafkurasini singdirishga xizmat qiladi, ularni mustaqil fikrlash, do`stni dushmandan farq qilishga undaydi, yurtim deb, elim deb yonib yashashga chorlaydi.