Mavzu. Marketing va uning rivojlanishini asosiy bosqichlari


Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari



Yüklə 254 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.04.2023
ölçüsü254 Kb.
#104560
1   2   3   4
1-mavzu Marketing

1.2. Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari. 
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil 
etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884) Sayrus Makkormek 
nomi bilan bog’lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya
Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo’yicha («Tovarlar marketingi», 
«Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o’qitila 
boshladi. 
1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi
keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo yetildi, bu jamiyat 
1973 yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday 
uyushma va tashkilotlar G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo 
bo’ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Yevropa marketing va ijtimoiy fikr 
tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va 
shunga o’xshashlar yuzaga keldi. 
Marketingni rivojlanish tarixi 
Yillar 
Marketingda ro’y bergan o’zgarishlar 
1902 yil 
AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o’qitish boshlandi. 
1908 yil 
Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat 
kompaniyalarida birinchi marketing bo’limlari tashkil yetildi. 
1920 yil 
Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi. 
1926 yil 
AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi; 
uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 
1973 yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi. 
1930-1940 
yillarda 
Dunyoning ko’pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy 
marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 
1950-1960 
yillarda 
Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va 
marketing bo’yicha Yevropa jamiyati hamda Yevropa marketing 
Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi. 


1980 yillarning 
ikkinchi yarmida 
Mamlakatimizning 
iqtisodiyot 
yo’nalishidagi 
oliy 
ta’lim 
muassasalarida marketing kursi o’qitila boshlandi. 
1990 yillarning 
oxirlarida va 
hozirgi kunlarda 
Mamlakatimizda marketing bo’yicha xorijiy adabiyotlar o’zbek 
tiliga tarjima qilingan holda va shu fan bo’yicha darslik, qo’llanma 
hamda risolalar O’zbekistonlik mualliflar tomonidan ko’plab chop 
yetilmoqda. 

Yüklə 254 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin