Kompyuterning muhim tugunlaridan biri ba’zida ona (
motherboard), asosiy, yoki bosh (
main board)
plata deb ataluvchi tizimli platadir (
system board)
. Tizimli platalarning turlari va tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqamiz. Tizimli platalar bir necha variantda ishlab chiqariladi.
Ular o‘lchamlari, yoki formfaktorlari orqali farqlanadi. Tizimli plataning formfaktori, u o‘rnatiladigan korpusni aniqlaydi. Quyida tizimli platalar asosiy formfaktorlari keltirilgan.
Eskirgan:
Baby-AT;
To‘liqo‘lchamli plata AT ;
LPX.
Zamonaviy:
ATX;
Micro-ATX;
Flex-ATX;
NLX;
WTX.
Boshqa:
Kompyuter ishlab chiqaruvchilardan (Compaq, Packard Bell, Hewlett-Packard и др.).
Oxirgi
vaqtda Baby-AT, AT va LPX tizimli platalari formfaktorlaridan ATX platasi va uning NLX oilasiga o‘tish kuzatilmoqda. Keyinchalik bu Bobda tizimli platalarning standart formfaktorlari
tavsiflanadi.
ATX
ATX tuzilmasi nisbatan yaqinda ishlab chiqildi. Unda Baby-AT va LPX standartlarining eng yaxshi hususiyatlari mujassamlangan va ko‘p boshqa qo‘shimcha takomilliklar kiritilgan.
Umuman olganda ATX - bu, ta’minot manba’si o‘rnatilgan joyi va ulanish o‘rni o‘zgartirilgan “yon tomoni bilan yotgan ” Baby-AT platasidir. Eng asosiysi,
shuni esda tutish kerakki, ATX tuzilmasi na Baby-AT bilan,na LPX bilan jismonan muvofiq kelmaydi.
Boshqacha
aytganda, ATX ning tizimli platasi uchun mahsus korpus va ta’minot manba’si zarurdir. Rasman, ATX tasnifi Intel firmasi tomonidan 1995 iyli matbuotda e’lon qildi va boshqa ishlab chiqaruvchilar ATX tuzilmasini o‘zining kompyuterlarida foydalanishlariga imkon yaratildi. Intelning bunday ochiq e’lon qilishi bilan ATXning yangi sanoat standarti yaratildi. ATX tuzilmasi Baby-AT va LPX standartlarini mukammallashtirishga imkon yaratdi.