bajarish ketma-ketligi aniqlanadi (2-3 masalalarda bu yaqqol ko`zga
tashlanadi).
4.
Natija olish va tahlil etish.
Yuqoridagi kabi boshqa masalalarni ham kompyuter yordamida hal
etishmumkin va u yuqoridagi 4 bosqichga qo`shimcha
amallarni
kompyutertushunadigan tilga o`girish va
kompyuter xotirasiga kiritish
kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
5
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlaridan ba’zilari ma’lum bir
bilim va malaka talab etgani uchun maxsus mavzular orqali yoritib boriladi.
S a v o l
va topshiriqlar
1.
Kompyuterda masala yechish bosqichlari nechta?
2.
Nima uchun olingan natija tahlil etiladi?
3.
Kalkulyatorda hisob-kitob ishlari bajarilganda qanday xatoliklar
yuzaga keladi?
4.
23 + 46-3 - 24:3 arifmetik ifodani
hisoblash uchun amallarning
bajarish ketma-ketligini aniqlang.
5.
Masala shartiga mos tenglama tuzish uchun misollar keltiring.
Mashqlar
Quyidagi masalalarning shartini tahlil qiling va bosqichlarga bo`lib hal
eting.
1.
Turg`un suvdagi tezligi 15 km/soat bo`lgan qayiqning daryo oqimi
bo`ylab 2 soatdagi bosib o`tgan masofasi oqimga qarshi 3 soatda bosib
o`tgan masofasiga teng bo`lsa, daryo oqimining tezligini toping (yo`llanma:
tezlik = yol/vaqt).
2.
To`g`ri burchakli to`rtburchakning
tomonlari, mos ravishda, 4 sm
va 3 sm bo`lsa, uning diagonali uzunligini toping (yo`llanma: to`g`ri
to`rtburchakning
diagonali
to`rtburchakni
ikkita
to`g`ri
burchakli
uchburchakka
ajratadi, demak, diagonal gipotenuza bo`ladi).