Rus tadqiqodchisi N. V. Xanikov fikriga ko`ra, 45 ta o`lchov sharq xalqlari (eronliklar, arablar, turkiy urug`lar) dan rus o`lchovshunosligida o`zlashtirilgan. Eramizdan avvalgi 283 - 263 yillarda Misr o`lchov tizimi paydo bo`lgan. Uzunlik o`lchovi; atur milda - 5,235 km og`irlik o`lchovi; katta ptolomey mina = 29,46 kg ; kichik ptolomiy mina = 341 g.
Bu o`lchov tizimidagi bir qancha o`lchov birliklari O`zbekiston hududidagi o`lchov birliklariga mos keladi. Masalan, sarjin = 2160 mm, arshin = 720 mm, tirsak = 540 mm, oyoq yuzi (kafti)=360 mm, kaft (qo`l kafti ) = 99 mm, barmoq 22,5 mm va hokazo.
Quyida ba’zi o’lchov birliklari bilan tanishamiz:
[1]O’rtacha qomatli odam barmog‘ining qalinligi
[2]Qo‘lni musht qilgandagi to‘rt barmoqning qalinligi
[3]Odam tirsagidan o‘rta barmog‘i uchigacha bo‘lgan uzunligi
[4]Kamondan otilgan o‘qning yetib boradigan o‘rtacha masofasi
[5]Otliq chopar xabarchining (pochtachi) bir punktdan ikkinchisigacha eltish masofasi
[6]Katta odamning hovuchi
[7]Ikki kishi to‘yib suv ichadigan idish
[8]o‘rtacha kattalikdagi arpa yoki bug‘doy doni og‘irligi.
Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va saqlanishi haqida ma’lumotlar topish Etalonlar
Metrik tizim 1875 yil 20 mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining konferensiyasida qabul qilingan va Metrik Кonvensiyasi nomini olgan. Metrik Кonvensiya metrologiya bo’yicha ilmiy faoliyat ko’rsatuvchi birinchi xalqaro kelishuv hisoblanadi. Кonvensiya metrik etalonlarni saqlash va tekshirish uchun ilmiy muassasa sifatida o’lchovlar va tarozilar xalqaro byurosini ham ta’sis etadi.
Shu asnoda yuqoridagi talablarning to’liq ta’minlanishiga erishilgan, ya’ni kattalikning turli qiymatlari o’zaro o’nga karrali bog’lanishda bo’lgan bo’lsa, bir nechta asosiy kattaliklarning birliklari orasida o’zaro bog’lanishga ham erishilgan (Er meridianining qirq milliondan bir ulushi bo’yicha - "metr", metr bu yorug’likning 1/299792458 s vaqt oralig’ida vakuumda bosib o’tadigan masofa. XVII O’TBК 1983 yil. Bir kub desimetr suvning temperaturasi 4 0S bo’lgandagi massasi - "kilogramm" va hokazolar).
Dostları ilə paylaş: |