Mavzu: Mashhur qadimiy masalalar



Yüklə 23,18 Kb.
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü23,18 Kb.
#177165
  1   2   3   4   5   6
Mashhur qadimiy masalalar

Mavzu: Mashhur qadimiy masalalar

Reja:



1. Mashhur qadimiy masalalar
2. Qadimgi o`lchov birliklari
3. Kvadrat tenglama yordamida ishlangan qadimiy masalalar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 











Miqdorlarning qadimiy va turli xalqlarga oid nostandart o‘lchov birliklari haqida ma’lumot yig‘ish

"Metrologiya" so`zi grekcha metros-kenglik va logos o`qish ma`nosini bildirib, kenglik haqida o`qish, aniqroq ma`noda esa o`lchovlar haqidagi fan demakdir.

Zamonaviy tarixiy metrologiya fanining vazifasi insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida qo`llanilgan o`lchov birliklari tarixi va ularni hozirgi davr o`lchov birliklariga muvofiqligini yoritish, ajdodlarimizning bebaho merosini kelajak avlodlarga yetkazishdan iboratdir. Tarixiy metrologiya ijtimoiy-iqtisodiy, xo`jalik, huquq, madaniy tarixni o`rganishda zarurdir. O`lchovlar rivoji avvalo jamiyatning ish Ba`zi manbalarda XIX asr oxiridan kitob va traktlarda metrologiya termini uchrashi qayd etiladi. Vaholanki o`lchovshunoslik poydevoriga ajdodlarimiz juda qadimdan asos qo`yib kelishgan.


O`lchov va o`lchov birliklari to`g`risidagi bir qator ma`lumotlar buyuk olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida keltirilgan bo`lsa, ulug` olim Ahmad Farg`oniy esa dunyoda birinchi bo`lib (861 yili) suv sathini o`lchaydigan asbob kashf etgan va uni yasab amalda qo`llagan.
Yusuf Xos Xojibning turkiy tilda yozilgan «Qutadg`u bilig» asarida o`lchov va o`lchov birliklaridan foydalanibgina qolmay, balki o`lchash va iyyor ishlariga tegishli bilimlarni mukammal bilishga chaqirilgan.

Qadimgi o`lchov birliklari

Eng qadimgi o’lchash birliklari – antropometrik. U insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan. Masalan: qarich - qo’l kafti yoyilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa, quloch - qo’llar ikki tomonga yoyilganda orasidagi masofa, qadam - balog’at yoshidagi odamning sokin odimlashidagi yurish birligi, tirsak - kaft va tirsak orasidagi masofa, chaqirim - ochiq dala sharoitida birining tovushini ikkinchisi eshita olishi mumkin bo’lgan masofa, ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to’rttasining kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad- yozilgan bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, va hokazolar.


Metrologiyaning tarixida bu kabi birliklarni joriy etishda yirik fan yoki davlat arboblarining antropometrik o’lchamlarini asos qilib olish hollari ham uchraydi. Masalan, ingliz qiroli Genrix I (12-asrning boshi) yard o’lchash birligini (»91,44 sm) joriy etgan. Bunda namunaviy o’lchov sifatida qirolning burni uchidan oldinga cho’zilgan qo’lning o’rtancha barmog’i uchigacha bo’lgan masofa olingan.

Yüklə 23,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin