MAKTABDA ANALITIK GEOMETRIYA ELEMENTLARINI O\'QITISH METODIKASI
XULOSALAR Maktabda matematika ta’limi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini amaliy faoliyatga tadbiq qilish hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o’qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Maktablarda o’quvchilarining geometrik tasavvurlarini tarkib toptirish, ularda grafik ko’nikma va malakalarni hosil qilish, Analitik geometriyaga oid bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliy hayot bilan bog’liqlikda o’zlashtirishni ta’minlash Analitik geometriya elementlarini o’qitishda o’ziga xos metodlarni tanlay bilish orqali amalga oshiriladi. Metodlarni maqsadga muvofiq tanlash va undan ta’lim jarayonida o’rinli foydalana olish o’qitishning samaradorligini oshirishda asosiy rol o’ynaydi.
To’rtinchi sinfda Analitik geometriya elementlarini o’qitishda muhim metodlar: amaliy analiz va sintez, kuzatish, taqqoslash, umumlashtirish hamda evristik suhbatlardir. Boshlang’ich ta’lim jarayonida o’quvchilarning geometrik bilim va tasavvurlarini kengaytirishda esa ko’rgazmali didaktik vositalar, turli geometrik shakllar va jismlar modellari, AKT vositalari, o’qituvchi izlanishlari mahsuli bo’lgan geometrik shakllardan yasalgan turli ko’rgazmali qurollar asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi, Bundan tashqari, o’quvchilar bilimining ongli va mustahkam bo’lishi, nazariy bilimlarning amaliy hayot bilan bog’liqligini ta’minlashda Analitik geometriya elementlarini real predmetlar vositasida o’qitish samarali natijani kafolatlaydi.
Darsda o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish o’qituvchi uchun eng qiyin, shu bilan birga muhim ahamiyat kasb etadigan jihat hisoblanadi. Analitik geometriya elementlarini o’qitishda grafik chizish va yasash darslari o’qitishning jami ish ritmini buzmasdan differensiallab olib boorish imkoniyatini beradi.
O’quvchilarga Analitik geometriya elementlarini o’rgatish fanlararo aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri bo’lib, o’quvchining o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmasini shakllantiradi va takomillashtiradi, qiziquvchanligi va topqirligini o’stiradi.