TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA’LIM YO’NALISHI 4-BOSQICH 402-GURUH TALABASI HAYITOVA BARCHINOYNING MATEMATIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI MAVZU: MAKTABDA ANALITIK GEOMETRIYA ELEMENTLARINI O'QITISH METODIKASI
Termiz 2023-2024 MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………………..
I BOB. MAKTABLARDA ANALITIK GEOMETRIYA ELEMENTLARINI O’QITISHNING NAZARIY ASOSLARI....................................................................
1.1. Maktablarda analitik geometriya elementlarini shakllantirishning ahamiyati ......................................................................................................................................
1.2. O’quvchilarni analitik geometriya elementlari bilan tanishtirish va ularni o’qitish metodlari……………………………………………………………………….….......
II BOB. MAKTABLARDA ANALITIK GEOMETRIYA ELEMENTLARINI KO’RGAZMALILIK ASOSIDA O’QITISH.................................................................
2.1. Maktablarda o’quvchilarini chizish va yasashga doir masalalar bilan tanishtirish.......................................................................................................................
2.2. Analitik geometriya elementlarini o’qitishda ko’rgazmalilikdan foydalanish......................................................................................................................
UMUMIY XULOSALAR………………………………………………………...........
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….............
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya ahamiyatining yildan-yilga o’sib borishi, axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo intellektual maydonida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasidagi maqsadlarga erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bilimli va intellektual avlodni tarbiyalash muhim omil bo’lmoqda.
Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bо‘lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bо‘lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta’sir kо‘rsatishi tabiiy. Bular: mamlakatda mavjud bо‘lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta’lim tizimi, tarixi va boshqa kо‘p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol о‘ynaydi. Demak, О‘zbekistonning kelajakda buyuk davlat bо‘lishida ham inson omilining о‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim tizimi oldiga katta vazifalar qо‘yilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyasi ta’lim sohasida nafaqat yangi imkoniyatlarni ochdi, balki o’quvchi yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda yuqori sifatga erishishni ta’minlashni taqozo etadi.
Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o’zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi, uning tafakkurini kengaytiradi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda kompetensiyaviy yondoshuv ta’lim mazmunini modernizatsiya qilish va yangicha o’qitish yo’nalishlaridan biriga aylangan. Bu davlatlardagi umumiy ta’limning yangicha mazmuni asosini o’quvchilarning tayanch kompetensiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi.
Ta’limga kompetensiyaviy yondoshuv an’anaga aylanib qolgan ,,bilim, ko’nikma va malakani o’zlashtirish”dan farqli o’laroq, kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko’rinishdagi malakalarning o’quvchilar tomonidan egallanishini nazarda tutadi. Shunday qilib kompetensiyaviy matematik ta’limning asosini amaliy hamda tadbiqiy yo’nalishlarini kuchaytirish tashkil qiladi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarining rivojlanishi yosh avlodning o’zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo’lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga matematikani o’rgatish bo’yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Standart loyihasi tuzilishida quyidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlardan foydalanilganligi ahamiyatlidir:
1. Yevropa kengashining ,,Uzluksiz ta’lim uchun tayanch tayanch kompetensiyalar-umumyevropa standartlari strukturasi” to’g’risidagi hujjati ( ,,Key competences for lifelong learning- a Europen Reference Freamework”)1.
2. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (Organisation for Ekonomic Cooperation and Development)ning ,,Xalqaro o’quvchilarni baholash Dasturi” (,,Programme for International Student Assessment”) standartlari.2 3. Ta’lim natijalarini baholash Xalqaro Assotsiatsiyasi ( ,,International Association for the Evaluation of Educational Achievement”) Xalqaro matematika va aniq va tabiiy fanlarning tendensiyalarini o’rganish markazi (Trends in international mathematics and science study Center) standartlari.3 Shularni inobatga olgan holda, o’quvchilarga egallangan bilim, o’quv malakalarini turli xil sharoitlarda, turli xil qo’llay olishga o’rgatishni o’qitishning maxsus masalasi sifatida qarash kerak. Bu o’quvchilarning politexnik tayyorgarligiga qaratilgan ishning boshlanishidir. Boshlang’ich maktabdayoq, o’quvchilarda kuzatish va taqqoslash, solishtirilayotgan hodisalardagi o’xshashlik va farq qiladigan tomonlarini ajratish, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktsiyalash, aniqlashtirish kabi funksiyalarini amalga oshirishga o’rgatish lozim. Bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish masalasi bilan ularda to’g’ri, aniq, qisqa matematik nutqni o’stirish masalasi uzviy ravishda bog’langandir. Bu o`quvchilarda geometrik tushunchalar asosida fikrlash orqali amalga oshiriladi.