Axborot borasida savodxon
insonlar odob axloq qoida va me’yorlariga tayangan
holda axborotni qanday to‘plash, undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil
etishni yaxshi biladilar. Mazkur kompetensiyalar har qanday o‘quv jarayoni
kontekstida, shu jumladan ta’lim va kasbiy muhitga yoki o‘z-o‘zini rivojlantirishga
nisbatan tadbiq qilinishi mumkin.
“Media” tushunchasi va media savodxonlik «Media» atamasi (lotincha — medium,
ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko‘rinishdagi kommunikatsiya va axborot
vositasini anglatadi. Media tushunchasiga axborotni yaratish,
nusxalashtirish,
tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot
almashinuvining texnik vositalari kiradi.
Bugungi kunda media atamasidan OAV yoki massedia tushunchalarining
sinonimi sifatida foydalaniladi. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning
ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va
ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy
jihatlariga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni
kiritmoqda. Shu bilan birga boshqa manbalarda ham media atamasiga shu tarzdagi
tavsiflar berilganini ko‘ramiz. «Media — ommaviy axborot vositalari, ham keng,
ham maxsus auditoriyaga mo‘ljallangan ko‘ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi,
yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo‘naltirilgan ko‘p sonli va
serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir».
Aksariyat hollarda mutaxassislar media atamasi o‘zagida aynan ushbu
tavsifni ko‘radi. Shunga qaramasdan, mazkur atamaning tor mazmuni ham mavjud.
Ayrim tadqiqotchilar mazkur atama mazmunida alohida axborot muhiti sifatida
aynan OAVni, boshqalari esa — aniq axborot tashuvchini nazarda tutadi.
Kommunikatsiya kanali sifatida medialar sirasiga mutaxassislar bosma nashrlar,
elektron OAV, shu jumladan Internet, reklamaning tashqi vositalari va b. ni
kiritadi”
Medialar elektron bo‘lmagan bosma medialar hamda elektron medialarga
ajratiladi:
Boshqa jihatdan olib qaraganimizda medialarni to‘rtta turga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |