Mavzu: Mediasavodxonlik va mediamadaniyatning xalq ta’limi tizimi
pedagoglarining faoliyatidagi ahamiyati
REJA:
1.
Media va axborot savodxonligi tushunchasi;
2.
Media va axborot savodxonligi jamiyat hayotidagi o‘rni;
3.
Ta’limda media va axborot savodxonligi.
Maqsad:
Xalq ta‘lim tizimi fan metodistlarini media va axborot savodxonligi
mazmun-mohiyati bilan tanishtirish va ularda media va axborot savodxonligi
ishlab chiqarish kompetentsiyalarini rivojlantirish
Vazifalar:
✓
xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarda media va
axborot savodxonligi tushunchasi bilan yaqindan tanishtirish;
✓
media
va
axborot
savodxonligi
bo‘yicha
ko‘nikma
hamda
kompetensiyalarini rivojlantirish.
Media va axborot savodxonligi tushunchasi.
«Axborot» atamasi ko‘plab tavsifga ega bo‘lib, u ma’lumotlar, tadqiqot
jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish, shuningdek, signal yoki
belgilarni anglatishi mumkin.
Oddiy qilib aytganda, axborot — bu to‘plangan, qayta ishlangan va
izohlangan, foydalanish uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etiladigan
ma’lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi — «tushunishga oson
shaklda berilgan bilimlar»dir.
O‘tmishda mazkur tushuncha ortida odamlar tomonidan bir-biriga og‘zaki,
yozma va boshqa usulda beriladigan ma’lumotlar tushunilgan. Keng ma’noda
axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning asoschisi Norbert Vinerning
yozishicha, “axborot — bu biz unga va uning bizning hissiyotlarimizga
moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir”.
Axborot tushunchasiga juda ko‘p olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan:
Dostları ilə paylaş: |