4. Namoyish etish metodi. Mazkur metod boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan bevosita o’quv materiallarini aniq obrazlar orqali idrok etishlarini tahminlashga xizmat qiladi. Namoyish etishda ijtimoiy va huquqiy meherlar mavzusiga doir darslik, maxsus adabiyotlar yoki manbalarda berilgan tasviriy ko’rgazmali vositalar, shuningdek, diafilg’m, kinofilg’m hamda slaydlardan foydalanish kutilgan natijalarni qo’lga kiritishga xizmat qiladi. Axborotlashgan jamiyatda boshlangich sinf o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirishda kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalkaro axborot tarmogi imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa, samarali sanaladi. Zero, kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalqaro axborot tarmogining axborotni yigish, samaralash, qayta ishlash va uzatish borasidagi keng imkoniyatlari boshlangich sinf o’quvchilarining yosh va psixologik imkoniyatlariga tayangan holda ular uchun moe materiallarni tanlash, muvaffaqiyatli tarzda yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.
5. Tasviriy namoyish etish metodi. Ushbu metod ham ijtimoiy-huquqiy meherlar, ularning mohiyatiga doir nazariy mahlumotlarni obrazli tarzda tasviriy ko’rgazmali vositalar yordamida yoritishga xizmat qiladi. Tasviriy namoyish etish metodi turli xilda qo’llanilishi mumkin.
Jumladan:
1) ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mohiyatini yoritishda subhektlar faoliyati (ota-onalar, o’qituvchilar, tengdoshlar, atrofdagi shaxslarning xatti-harakatlari, ibrati)ga tayanish;
2) ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mazmunini yorituvchi ko’rgazmali materiallarni o’quvchilar guruhiga tarqatish;
3) kompg’yuter texnologiyasi yordamida ijtimoiy va huquqiy mehyorlar to’g’risida hikoya qiluvchi tasvir (rasm, sxema)larni umumiy tarzda namoyish qilish.
6. Ekskursiya metodi. Bu metod boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan o’zlashtirilgan nazariy mahlumotlarni mustahkamlash, boyitish masadida qo’llaniladi. Tadqiqotni olib borishda tajriba maydonlari bo’lgan maktablarning boshlang’ich sinf o’quvchilarining jamoa bo’lib kinoteatrlar, jamoat joylari (umumiy ovqatlanish muassasalari, jamoat transportlari), kucha va yo’llarda harakatlanishlarini tahminlash maqsadida ekskursiyalar uyushtirildi. Ekskursiyalarning uyushtirilishiga sinf rahbarlari, sinov ishlariga jalb etilgan metodist-o’qituvchilar, fan o’qituvchilari hamda dissertant mashul shaxs sifatida rahbarlik qildilar. SHuningdek, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish muassasalari, avtokorxonalar, davlat yo’l nazorat (DAN) xizmati xodimlaridan ham mashul shaxslar belgilandi. Ularning yordamlari bilan o’quvchilar ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga oid nazariy bilimlarini boyitish, mustahkamlashga muvaffaq bo’ldilar.