Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish va uning talablari



Yüklə 130,17 Kb.
səhifə10/12
tarix21.05.2023
ölçüsü130,17 Kb.
#119151
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Hujjat (11)

216-modda. Mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga ajrati-ladigan mablag
Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini o'tkazish uchun belgi-langan tartibda mablag'lar va zarur materiallar ajratiladi. Bu mablag' va materiallarni boshqa maqsadlarga sarflash man etiladi. Mazkur mablag' va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o'rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat jamoalari, ularning vakillik organlari mehnatni muho-faza qilishga mo'ljallangan mablag'lardan foydalanilishini tekshirib boradilar.
217-modda.Xodimlarni sut,davolash-profilaktika,oziq-ovqat, gazli,sho'r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta'minlash
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo'lgan xodimlar belgi-langan me'yorlar bo'yicha:
- sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
- davolash-profilaktika oziq-ovqati;
-gazli, sho'r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
- maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta'minlanadilar.
Bunday ishlarning ro'yxati, beriladigan narsalarning norma-lari, ta'minot tartibi va shartlari jamoa shartnomalarida,agar ular tuzilmagan bo'Isa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
218-modda. Sog'lig'i holatiga ko'ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkazish
Sog'lig'i holatiga ko'ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkazishga muhtoi 
xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o'tkazishi shart. Sog'lig'i holatiga ko'ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'siridan xoli bo'lgan ishga o'tkazilganda shunday ishga o'tkazilgan kundan boshlab ikki hafta mobaynida xodim-larning avvalgi o'rtacha oylik ish haqi saqlanadi.Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to'lanadigan boshqa ishga vaqtincha o'tkazilgan xodimlarga shu ishga o'tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo'lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo'yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo'shilganda xodimning avvalgi ishidagi to'liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to'lanadi. Basharti kasallik varaqasida ko'rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo'lsa, u holda shuning oqibatida bekor o'tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to'lanadi.Ish bilan bog'liq holda mehnatda mayib bo'lganligi yoki sog'lig'iga boshqa tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to'lanadigan ishga o'tkazilgan xodimlarga ularning sog'lig'i shikastlanganligi uchun javobgar bo'lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi o'rtasidagi farqni to'laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to'lanadi. Qonun hujjatlarida sog'lig'i holatiga ko'ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta'sirini xoli etadigan kamroq haq to'lanadigan ishga o'tkazilganda avvalgi o'rtacha ish haqini saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqa to'lab turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

Yüklə 130,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin