Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish va uning talablari



Yüklə 130,17 Kb.
səhifə9/12
tarix21.05.2023
ölçüsü130,17 Kb.
#119151
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Hujjat (11)

Mehnatni muhofaza qilish
211-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo'lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.. Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy huj-jatlar,shuningdek, texnik standartlar bilan belgilanadi. Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo'ladi.
212-modda. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va yo'riqnomalariga rioya etish majburiyati
Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo'riqnomalariga, shuningdek, ma'muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek, ish jarayo-nida yoki u bilan bog'liq holda sodir bo'lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida o'zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uchastka boshlig'i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart.
213-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma'-lumot olish huquqi
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o'tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to'g'risida, shu jumladan, kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog'liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart.
215-modda.Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'l-yo'riqlar berish va o'qitish
Xodimlarga texnika xavfsizligi,ishlab chiqarish sanitariyasi, yong'in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo'l-yo'riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qishlarini va ularning bilimlarini tekshirib turishlari shart. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'quvdan, yo'l-yo'riqdan o'tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo'yish taqiqlanadi.

Yüklə 130,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin