Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish va uning talablari



Yüklə 130,17 Kb.
səhifə4/12
tarix21.05.2023
ölçüsü130,17 Kb.
#119151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Hujjat (11)

10-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislar tayyorlash
O'zbekiston Respublikasida davlat va korxonalar, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydilar. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari xalq xo'jaligi turli tarmoq-laridagi ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar va o'quvchilar mehnatini muhofaza qilish kursini, albatta, o'tishlarini tashkil etishlari kerak. Vazirliklar,idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xo'jalik boshqaruvi idoralari mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini ta'min-laydilar.
11-modda.Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta'minlash
Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta'minlash davlat tomonidan, shuningdek, mulk shaklidan qat'i nazar jamoat birlashmalari,korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli budjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan budjet mablag'lari (respublika va mahalliv) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy tadqiqot ishlarini moliyaviy ta'minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi. Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag'larni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo'shimcha chiqim qilmaydilar. Korxonalar o'zining xo'jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad, shuningdek,boshqa manbalar) hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markaz-lashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega. (11-moddaning to 'rtinchi qismidagi ikkinchi jumla O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilib tashlangan-Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 102-modda) Mehnatni muhofaza qilishga mo'ljallangan mablag'larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas. Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O'zbe-kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.

Yüklə 130,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin