Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish va uning talablari


Mehnat muhofazasiga oid asosiy qonunchilik aktlari



Yüklə 130,17 Kb.
səhifə2/12
tarix21.05.2023
ölçüsü130,17 Kb.
#119151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Hujjat (11)

Mehnat muhofazasiga oid asosiy qonunchilik aktlari
1-modda.Fuqarolarning mehnatni muhofaza qilinishiga bo'lgan huquqlari
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqa-roligi bo'lmagan shaxslar mehnati muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar.
2-modda. Mehnatni muhofaza qilish
Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli Qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqla-nishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy,tashkiliy-texni-kaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
3-modda. Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar va qonunning qo'llanish sohasi
Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me'yoriy hujjat-lardan iborat bo'ladi. Ushbu Qonun mulk va xo'jalik yuritish shakli turlicha bo'lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar* bilan,shu jumladan, ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchi-lar, kooperativlarning a'zolari, ishlab chiqarish amaliyotini o'tayot-gan oliy o'quv yurtlari talabalari, o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar texnika bilim yurtlari va umumiy ta'lim maktablarining o'quvchilari, korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar,muqobil xizmatni o'tayotgan fuqarolar, sud hukmi bilan jazoni o'tayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat muassasa-lari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonada ishlash davrida, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini ko'zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.
4-modda.Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
- korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog'lig'i ustuvorligi;
-mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo'nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
- mulk va xo'jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo'yish;
- mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlar yarati-lishini vaish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta'minlash;
- korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamda joylarda uning bajarilishini nazorat qilish;
- mehnatni muhofaza qilishni mablag' bilan ta'minlashda davlatning ishtirok etishi;
-oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash;
- xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag'batlantirish;
- fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha vatanimiz va chet el ilg'or tajribasidan keng foydalanish;
- ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal,shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlar bilan bepul ta'minlash;
- korxonalarda mehnatning sog'lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko'maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
-ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilish-ning majburiyligi; 
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo'liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
- kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari korxo-nalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta'min-lashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash;
- mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog'ida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish prinsiplariga asoslanadi.
5-modda.Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
6-modda.Jamoat birlashmalarining mehnatni muhofaza qilish muammolariga oid qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etishi
Korxonalar, mutaxassislar, fuqarolar mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish uchun O'zbekiston Respublika-sining jamoat birlashmalari to'g'risidagi Qonuniga muvofiq amal qiladigan jamoat birlashmalariga uyushishlari mumkin. Davlat va xo'jalik boshqaruvi idoralari, nazorat qilish idoralari, shuning-dek,korxonalar va birlashmalarga har tomonlama yordam va madad ko'rsatadilar hamda mehnatni muhofaza qilishni ta'minlash masalalari bo'yicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda ular ishlab chiqqan nizomlar va tavsiyalarni hisobga oladilar.
7-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartno-malar
O'zbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida ishlarni bajarayotganlarida, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ularda ko'zda tutilgan talablar, agar o'zgacha shartlashilmagan bo'lsa, ushbu Qonunga, O'zbekis-ton Respublikasining mehnat to'g'risidagi qonunlariga muvofiq qo'llanadi.O'zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishnng o'ziga xos xususiyatlari man-faatdor tomonlarning o'zaro bitimlari bilan belgilab go'viladi. 

Yüklə 130,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin