Мавзу: меҳмонхонада кўрсатиладиган хизматлар сифатини назорат қилиш усуллари



Yüklə 185,68 Kb.
səhifə9/24
tarix02.06.2023
ölçüsü185,68 Kb.
#122903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Axborotli shinamlik. Axborotli shinamlik – qulaylik yaratish otel haqida ma’lumotlar nechog‘lik to‘liqligidan boshlanadi, ya’ni mehmonlar mehmonxona sohasida ovqatlanish korxonasi va boshqa ob’ektlar haqida hali tashrif buyurmasdan oldin yetarli ma’lumotlar olishi mumkin. Bu yerda bino ichki dizayni ko‘rinishi haqida fotosur’atlar, narxlar haqida ma’lumotlar, xizmat xavfsizligiga sertifikat va boshqalar juda muhim. Yana eng muhimi bunday ma’lumotlar mehmonlar uchun mutloqo qulay olish imkoniyatini yaratishi zarur. Bundan tashqari, ular shunday shaklda berilishi kerakki, so‘rovchini qoniqtirsin.
Axborot shinamligi tushunchasiga shuningdek boshqa ikki asosiy parametr ham kiradi: xodim xabardorligi, u mehmonlarning har qanday savollariga nafaqat otelda, balki kelgan mamlakati haqida ham javob berishga tayyor turishi lozim; piktogrammalar tizimi, tilni bilmagan mehmonlarga otel hovlisida kerakli joyni topishiga yordam beradi. Piktogrammalar ko‘zga yaxshi tashlanadigan, aniq, dunyoda tan olingan barcha mipga, xalqaro XOTREK tizimiga muvofiq bo‘lishi muhim.
Iqtisodiy shinamlik. Iqtisodiy shinamlik deyilganda mehmonlar uchun hisob-kitob qulayligi, diskontlar tizimi, bonuslar, klub kartalari va boshqa choralar tushuniladi. Bu shinamlik mehmonlarda takroriy joylashtirish vositasi yoki ovqatlanish korxonasi tanlashda yana shu joyga kelish istagini o‘yg‘otadi. Turagentlik yoki ekskursion byurolar mijozlarga shu otelda joylashishni taklif qiladilar, sifat tizimining asosiy maqsadi ham shu hisoblanadi. Shu munosabat bilan klub kartalari tizimiga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Bu keyingi vaqtda dolzarb masalaga aylanmoqda. Birinchi navbatda, bunga markazlashgan hisobkitobni amalga shirish imkonini beradigan texnologiya, buyurtmalarni ko‘z ochib yumguncha qayta ishlash, kredit kartalariga avtomatik tarzda xizmat ko‘rsatish va buyurtmalarni on-Line rejimida ijro etish ustidan nazorat zarurati sabab bo‘ldi.
Estetik shinamlik. Mehmonlarni u yoki bu otelni tanlashlari sabablaridan biri intererning estetik jihozlanishi hisoblanadi. Bu ularga shinam muhit va uydagi qulaylikni yaratadi. Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida binoni jihozlashda quyidagi umumiy holatlarga amal qilish zarur:

  • barcha binolar yagona usulda jihozlanishi va korxona yo‘nalishiga muvofiq kelishi kerak;

  • ranglar gammasi mehmonlarda noxushlik o‘yg‘otmasligi lozim;

  • jihozlash uchun foydalaniladigan materiallar xavfsizlik va gigiyena standartlariga mos kelishi va tegishli sertifikatga ega bo‘lishi zarur;

  • shuningdek materiallar o‘zoq vaqt foydalaniladigan, yuqori harorat va kimyoviy moddalarga chidamli bo‘lishi kerak.


Yüklə 185,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin