Мавзу: меҳмонхонада кўрсатиладиган хизматлар сифатини назорат қилиш усуллари


-1-rasm. «Registon Plaza» mehmonxonasi yuvinish xonasi



Yüklə 167,76 Kb.
səhifə9/14
tarix23.05.2023
ölçüsü167,76 Kb.
#120517
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mehmonxona

-1-rasm. «Registon Plaza» mehmonxonasi yuvinish xonasi


Tasdiqlangan har bir talabnoma bronlashtirishning elektron tizimiga kiritiladi.
Agar bronlashtirishda biror-bir o‘zgarish bo‘ladigan bo‘lsa yoki talabnoma bekor qilinsa, bunday holatda bu xizmat xodimlari tomonidan qayd etiladi va buning uchun maxsus blankadan foydalaniladi. Qulaylik va yanada aniqroq ishlash uchun har xil rangdagi yoki har xil hajmdagi blankalar ishlatiladi. Misol uchun bronlashtirishga talabnoma – oq rangda, bronlashtirishning o‘zgarishi – qizg‘ish rangda, bekor qilinishi esa yashil rangda belgilanadi.
Shunday kafolat sifatida juda ko‘p hollarda oldindan to‘lanadigan to‘lovdan foydalaniladi. Qaysikim to‘lov miqdori har bir aniq mehmonxona va turistik korxonalarda 50 dan 100 % gacha bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha mehmonxona xodimlari mijozdan kredit kartasi raqamini ko‘rsatishni talab qiladi.

2-rasm. «Registon Plaza» mehmonxonasining ikki kishilik xonasi


Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mehmondo‘stlik industriyasida kafolatlangan bronlashtirish tizimi bo‘yicha ishlash ancha foydalidir. Chunki kafolatlanmagan bronlashtirishni qilgan 20 % ga yaqin mehmonlar va kafolatlangan buyurtma bergan
5 % mehmon o‘zlarining bo‘lajak bronlaridan foydalanishmaydi.
Ma’lumki, qabul qilish va joylashtirish xizmati har qanday mehmonxona va turistik komplekslarning yuragi hisoblanadi. Ko‘pchilik mehmonxona va turistik komplekslarda u rekeption degan nom olgan. Mijozlar hammadan ko‘proq ushbu xizmat bilan aloqada bo‘ladilar, axborot va maslahat uchun murojaat qiladilar.
Mehmonxonalarda qabul qilish va joylashtirish bo‘limining xodimi shveysardan keyin birinchi kishi hisoblanadi, qaysikim u mijozni kutib oladi va u bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. Aynan porte bilan muloqotning birinchi 5-7 minutida mijozda u tanlagan mehmonxona haqida kuchli tassurot uyg‘onadi.
Mehmonxonada qabul qilish va joylashtirish xizmatining asosiy maqsadi va strategiyasi butun mehmonxonaning bosh vazifasiga mos keladi. Bu esa mehmonlarga eng yuqori xizmat ko‘rsatish, shuningdek mehmonxona bandligi foizini oshirishdir. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun strategiyaga keladigan bo‘lsak, bu misol uchun, mehmonxona namoyish qilinadigan reklamalarni yaxshilash, mehmonlarni registratsiya qilish vaqtini qisqartirish hisoblanadi. Ushbu xizmat xodimlari juda e’tiborli va xushmuomalali bo‘lishi lozim, ularning mijozlar bilan so‘zlashuvi aniq, qisqa, mazmunli bo‘lishi va telefonda o‘zoq so‘zlashuvlar hech qachon bo‘linmasligi kerak.
Mehmonxonaning qabul qilish va joylashtirish xizmati tarkibida Front Desk (qabul qilish va joylashtirish joyi, ma’mur, porte, Rekeption) va Front Offikeni ajratish qabul qilingan. Qabul qilish va joylashtirish joyida mehmonlarni qabul qilish va joylashtirish menejerlari, tungi auditorlar ishlaydilar, konserjlar bo‘lishi mumkin. Ammo odatda konserjlarning alohida joyi bo‘ladi.
Mehmonxonaning qabul qilish va joylashtirish joyi uch bo‘limga bo‘linadi. Mehmonxonaning qabul qilish va joylashtirish xizmatiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Yüklə 167,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin