Mavzu: Menejmentning Vazifasi



Yüklə 63,75 Kb.
səhifə4/8
tarix24.10.2023
ölçüsü63,75 Kb.
#160159
1   2   3   4   5   6   7   8
Menejmentning vazifalari

II.Asosiy qism.
2.1. Menejment fanining mohiyati va vazifalari
Menejment tushunchasi tor m a’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi faoliyat yo'nalishini qanchalik to‘g ‘ri tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog'liq bo‘ladi. Menejment keng ma’noli tushuncha sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilm agan b etartib om m ani bir m aqsadga yo'naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, ijtimoiy o'zgarishlarni rag‘batlantiruvchi element hisoblanadi». M enejment nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo'li, maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta ’sir etuvchi kuch hisoblanadi. Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog'lab, shu bilan birga, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o'rganish lozim. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqarish maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir.Ijtimoiy-iqtisodiy m enejm entning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta ’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Menejmentning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Menejment ishlab chiqarish jarayonida, ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo'lgan sharoitda, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni shakllantirish, foydani maksimallashtirishga qaratilgan boisa, u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilmasi elementlari va ularning o ‘zaro aloqasini ta ’minlovchi mexanizmning barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va m uassasalar manfaatlarini e ’tiborga olgan holda, ularni jahon sahnasida o ‘z o'rniga ega bo‘lishiga qaratilgan boiadi.
M enejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlarni o'rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon boiishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.1991-yil 31-avgustda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e ’lon qilindi. Shunday bir sharoitda mamlakatda davlat va
iqtisodiyotni qayta qurishning bosh maqsadi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqti'sodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat».
Uning amalga oshirilishi turli sohalarda olib boriladigan islohotlarga va boshqariladigan vazifalarga nechogli bog‘liq bo'ladi. Ijtimoiy-siyosiy sohada:
- m a ’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmidan va tuzilmalaridan qutilish;
- davlat qurilishining demokratik-huquqiy tamoyil va m e’yorlariga o'tish;
6- fuqarolik ja m iy a tig a o 'tis h n in g poydevorini qu rish va
boshqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada:
- iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish;
- mulkchilikning xilma-xilligi;
- narx erkinligini ta ’minlash;
- raqobat kurashiga o‘tish;
- ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga
o‘tish va boshqalar.
M a ’naviy sohada:
- mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash, aqidabozlik va o‘ta siyosatlashgan mafkura hukmronligidan qutilish.
Xalqaro munosabatlar sohasida:
- butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zini chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish;
- jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘l ochish.
Bozor munosabatlariga o'tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o‘zaro ta ’sirini, davlat menejmenti va korxonalarning o‘zo'zini boshqarishning mutanosib nisbatda bolishini ta’minlovchi takomillashgan iqtisodiy mexanizmni yaratishga yo‘naltirilgandir.
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki – tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o’rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
Mamlakatimiz 1-Prezidenti I.A. Karimov o’zining «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida «kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan kafolatli huquqni qaror topdirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir», deb ta’kidlagan edi.
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga yo’naltiriladi.
Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini hisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Iqtisodiy va texnologik rivojlanish keskinlashib borayotgan zamonaviy sharoitda globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlari kechayotgan davrda biznesni boshqarishga alohida e’tiborni qaratish kerak bo’ladi. Samarasiz boshqaruv qarorlari biznesga katta yo’qotishlarni olib keladi.
Tashkilotlarni boshqarish – bu ularni o’zgaruvchan bozor muhitiga moslashtirish demakdir. Zamonaviy menejment uslubiyatining asosi shundan iborat. Boshqaruvda hech narsa motivlarsiz ro’y bermaydi hammasining sababi mavjud. Hammasi tashkilotning ichki va tashqi muhiti o’zgaruvchan omillarining murakkab ta’siri bilan aniqlanadi.
Hozir biz “Menejment” kursining mazmuni, predmeti va vazifalarini ko’rib chiqamiz.
1. Menejment tushunchasi va uning xarakteristikasi.Menejment inson faoliyatining mustaqil turi – ishlab chiqarishno boshqarishga aylandi.Boshqaruv nazariyasining dastlabki kurtaklari Yuliy Sezar, Aleksandr Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asrda Amir Temur hukmronlik davridan shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
U davrlarda boshqaruvchilar harbiy intizomni o’rnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruv mehnat resurslaridan foydalanish ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning paydo bo’lganiga ham sarkardamizning o’z qo’l ostidagilarni “qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash” tamoyili bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
U davrlarda boshqaruvchilar harbiy intizomni o’rnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruv mehnat resurslaridan foydalanish ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning paydo bo’lganiga ham sarkardamizning o’z qo’l ostidagilarni “qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash” tamoyili bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
Kapitalistik tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat to’ntaruvi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni kuchaytiradi. Shu davrdan boshlab boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshladi.
XX asrning birinchi yarmida 4ta maktab boshqaruv g’oyasini rivojlantirish borasida aniq ishlar olib borganlar. Ular quyidagilar:
Ilmiy menejment (1885-1920)
Teylor, Emerson
Mumtoz yoki ma’muriy menejment
(1920-1950)
Fayol, Veber
“Insoniy munosabatlar “
(1950-hozirgacha)
Meyo, Laykert
Miqdoriy, tizimli yoki zamonaviy menejment
(1950-hozirgacha)
Saymon, Duruker, Deyl
2. Menejment turlari va darajalari.
Quyidagi chizma menejment turlarini 2ta belgi (saviyasi (makro va mikroiqtisod) va uning xizmat sohasi) asosida aniqlaydi:
Bir xil shakldagi menejment
Umumiy menejment (makroiqtisod)
Amaliy menejment
Ishlab chiqarish menejmenti
(mikroiqtisod)
Texnologik menejment
Strategik menejment
Moliya menejmenti
Innovatsion menejment
Marketing menejmenti
Menejerning vazifasi – qobiliyatli odamlarni izlab topish va ular ijodiy mehnat qilishlari uchun qulay sharoit yaratish.
Rahbar san’ati – bu xizmatchilarning harakatini tashkl etish va to’g’ri yo’lga boshlashdan iborat. G’arbiy mutaxassislarning fikriga ko’ra firmaning, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatining kaliti firma va korxonaning boshqaruvini samarali tashkil etishdadir. Bu boshqaruv zanjirini quyidagicha ifodalash mumkin:
• Firma boshlig’ining harakati;
• Ishlovchilar xulqi;
• Jamoaning ishlab chiqarish faoliyati;
• Firma ishining natijasi.
Shunday qilib, boshqaruv tizimining asosiy bo’g’ini bu rahbarning, ya’ni firma menejerlarining bilimdonlik harakatidir.
Sifatli menejment ishlovchilarning faol munosabatini uyg’otadi, ularning o’zaro munosabati samarali ishlab chiqarish faoliyatiga aylanadi.
Sifatli menejment ishlovchilarning faol munosabatini uyg’otadi, ularning o’zaro munosabati samarali ishlab chiqarish faoliyatiga aylanadi.
Boshqaruv
saviyasi
piramidasi
G’arbiy biznesda ma’lum boshqaruv tizimi ierarxik (darajama- darja bo’ysunish) qoidasi asosida ko’riladi. Ko’pchilik kompaniyalarda hukmronlikni, huquq va javobgarlikni aniq taqsimlanishi hamda har xil saviyadagi boshqaruvni o’zaro bir- biriga bo’ysunishi o’rin olgan.
Oliy saviya
O’rta saviya
Asosiy (quyi) saviya
Har bir boshqaruv saviyasining o’ziga xos vazifa tarkibi, huquq vq mqjburiyatlari mavjud.Oliy saviyadagi menejerlar maqsad va siyosat shakllanadi. Yangi aksiyalar chiqarish, xorijiy filialar bunyod etish, raqobatchilar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlar, yangi bozorlarni o’rganish kabi masalalar hal etiladi. Bu hammasi strategik menejment deb ataladi. Ular kompaniyalarning aksiyalarini past narxda sotib olishda, o’zlarining nafaqalarini rasmiylashtirishda, sug’urtalashda, dam olish berishda maxsus imtiyozlarga ega.
Oliy saviyaga prezident, vitse prezident, boshqaruv hay’ati raisi, di- rektorlar kiradi.
Asosiy (quyi) saviyaga kichik jamoalar va guruhlar rahbarlari, brigada bosh-liqlari kiradi.
O’rta saviyaga funksional bo’linmalar, filial rahbarlari, bo’lim boshliqlari kiradi.
O’rta saviadagi rahbarlik tezkor rejalarni taraqqiyot toptirish va amalga oshirishga, oliy rahbarlik qabul qilgan qarorlarni amaliyotga o’tkazishga javobgardirlar.O’rta saviadagi rahbarlik tezkor rejalarni taraqqiyot toptirish va amalga oshirishga, oliy rahbarlik qabul qilgan qarorlarni amaliyotga o’tkazishga javobgardirlar.O’rta bo’g’in menejerlari rejalarni amalga oshirishda juda keng harakat erkinligiga ega. Masalan, ommaviy axborot vositasini reklama uchu ishlatishda, mahsulotni sotish uchun qancha xodm yollash kerakligini, anday dastgoh sotib olish kerakligini, ishlab chiqarishni taraqqiyot toptirish masalalari va boshqalar.Asosiy saviya – bu operatsion menejment saviyasidir. Bu saviyadagi menejerlar ishchi xizmatchilar ishi ustidan bevosita rahbarlik qiladilar. Ular asosan o’rta bo’g’in tayorlagan tezkor operativ rejalrni bajarish bilan shug’ullanadi.
Menejment qonun-qoidalari va tamoyillari.
Qonun va tamoyillarda menejmentning obyekti va subyekti o’rtasidagi obyektiv, muhim, takrorlanadigan, nisbiy, turg’un, aniqlik, mohiyat bilan umumiy bog’lanish va aloqadorlik o’z ifodasini topadi. Bu umumiy bog’lanishlar ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo’nalishi va xususiyatini belgilab beradi. Bundan ko’rinadiki, menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari hamma uchun majburiy bo’lgan me’yor, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali tariflanishi va ifodalanishi mumkin:
Ommani boshqarishga keng ko’lamda jalb qilishni, ishlarning kengash va maslahat bilan bajarilishini talab qiladi.
1. Demokratiyalash tamoyili
Boshqarishning pag’onaligigiga asoslanadi. Bu tamoyil, bir tomondan, markaziy, ikkinchi tomondan esa viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining vazifalarini aniq belgilashini talab qiladi. Samarasiz boshqaruv bo’g’inlari qanchalik ko’p bo’lsa, boshqaruv jarayoni shunchalik chigallashadi.
Boshqaruv bo’g’inlari o’rtasidagi taraqqiyot nisbatlarini aniqlaydi, shartnomalarning bajarilishini tashkil hamda nazorat qiladi.
2. Ierarxiya tamoyili
3. Rejalashtirish tamoyili
Boshqaruv tayinlangan shaxs tomonidan bajarilib, unda boshqariladigan obyekt, uning mol-mulki, pul mablag’lari ishonib topshiriladi. Bu boshqarishda jiddiy tartib va mehnat intizomini taminlaydi. Bunda “ko’plashib muhokama qilmoq keragu, lekin mas’uliyat bir kishida bo’lishi kerak” degan tamoyil amal qiladi.
Menejerlardan chuqur bilimni, o’z sohasini, iqtisod, mantiq, ruhiyat, mehnat, matematika, chet tili, texnologiya kabi fanlarni yaxshi bilishni talab qiladi. Shu bilan birga uning saviyali tashkilotchi, tashabbuskor, g’oyalarga boy, izlanuvchan, bozor konyukturasini yaxshi biladigan, tavakkal qilishdan qo’rqmaydigan mutaxassis bo’lishni talab qiladi.
4. Yakka hokimlik tamoyili
5. Ilmiylik tamoyili
Topshiriqni berishda javobgar shaxslardan tasdiqlovchi javobni, topshiriqni tushunganligini so’rash kerak.
Bu tamoyil boshqaruvchilarning javobgarligini nazarda tutadi. Bajaruvchanlik madaniyati past, mas’uliyatsiz rahbar korxona va xodimlar uchun yomon. Menejer uchun huquqiy javobgarlik o’ta yuqori bo’lishi kerak.
6. Qayta aloqalar tamoyili
7. Javobgarlik tamoyili
Menejment fanining predmeti va usullari.
• Boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
• Boshqarish obyekti va subyekti;
• Boshqarish tamoyillari va usullari;
• Boshqarish madaniyati;
• Menejer va uning fazilatlari;
• Menejer reytingi;
• Boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
• Boshqarish vazifalari;
• Xodimlarni boshqarish;
• Ishlab chiqarishni boshqarish;
• Samaradorlikni boshqarish;
• O’z- o’zini boshqarish;
• Hududiy boshqarish va hokazolar.
Menejment fanining predmeti:
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini rahbarlik san’ati sirlarini o’rganishdan iborat.
Menejment fanining boshqaruv usullari:
1.Tizimli yonda-shuv
2. Kompleksli yondashuv
3. Tarkibiy yondashuv
4. Vaziyatli yondashuv
10. Sotsiologik kuzatuv usuli
8. Kuzatish usuli
6. Modellashtirish usuli
5. Integratsion yondashuv
9. Tajriba usuli
7. iqtisodiy matematik yondashuv

Bugungi kunda «menejment ilmi», «qabul qilish ilmi», «tizimli tahlil», «tizimlar haqida ilm», «operatsiyalar tadqiqoti» kabi birbirini almashtirib qo'yish mumkin bo'lgan tushunchalarni uchratish m um kin. M en e jm e n t ilm ining yondashish sifatida o ‘ziga xos


xususiyatlari quyidagicha:
- ilmiy usulning qo'llanilishi;
- tizimli yondashish;
- modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan, har qanday ilmiy tadqiqotning. fundamental tadbiridir.
U uch bosqichdan iborat.
1. Kuzatuv. Gap muammo va vaziyat haqida axborotni obyektiv tarzda yig'ish va tahlii qilish ustida ketmoqda. Masalan, mahsulotlarga ehtiyoj va zaxiralar darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqilayotganda rahbar zaxiralar darajasi ehtiyojga qarab o'zgarishini baholashi kerak. (Bugungi kunda ilmiy tahlilning bu va deyarli hamma hoshqa jihatlari, odatda, idora bolinmalari mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi).
2. Gipotezaning ifoda qilinishi. Gipotezani ifoda etayotib, tadqiqotchi mavjud imkoniyatlar (alternativlar)- faoliyat (harakat) variantlari va vaziyat uchun ularning oqibatlarini aniqlaydi, shuningdek, ushbu kuzatuvlar asosida ularni prognozlaydi. Maqsad - muammoning tarkibiy qismlari o'rtasidagi o'zaro bogiiqlikni o‘rnatish. Masalan, kuzatuv oyi davomida ehtiyoj 10 foizga o‘sganda zaxiralar kamayishni ko‘rsatsa, rahbar zaxiralarning m uayyan miqdorga o'sishi ularning bunday vaziyatda qisqarishi oldini oladi, degan gipotezaga asoslanishi mumkin.
3. Verifikatsiya. Verifikatsiyaning yoki gipotezaning to'g'riligini tasdiqlanishning uchinchi bosqichida tadqiqotchi gipotezani qabul qilingan qarorning natijalarini kuzatib tekshiradi. Bizning misolni davom ettirib, rahbar zaxiralar darajasini idora mutaxassisi taklif etgan miqdorga ko‘paytirishi mumkin. Agar bunda zaxiralar kamaymasa yoki haddan ziyod ko‘paymasa, gipotezani to‘g ‘ri debntan olish kerak. Agar ehtiyojning o'sishi bilan m ahsulotlarning yetishmasligi paydo bo'lsa yoki zaxiralar shunchalar o‘ssa-ki, ularni saqlash chiqimlari haddan ziyod bo‘lib qolsa, unda gipotezani noto‘g ‘ri deb tan olish kerak. Bu holda, rahbar birinchi bosqichga qaytib, mavjud axborotga gipotezani tekshirish bosqichida yig‘ilgan axborotni va boshqa m a’lumotlarni qo‘shgandan keyin yangi gipotezani ifoda qilishi kerak. Menejment muammolarini hal etayotganda ilmiy usulni qo‘llab, shuni esda tutish kerak-ki, tashkilot - bu o‘zaro bog'langan qismlardan iborat ochiq tizimdir. Shuning uchun menejmentda ilmiy yondashishning ikkinchi xususiyati sifatida tizimli yondashish
gavdalanadi. Menejment ilmining uchinchi xususiyati - modellarni ishlatishdir. M odellashtirish ko‘p hollarda m enejm ent muammolarining 12 murakkabligi va ilmiy tajribalarni real hayotda o'tkazish qiyinchiligi tufayli zarurdir. Modellashtirish - bizning muhokamada ko'p e ’tibor berilgan konsepsiyadir. Ilmiy menejment maktabining eng ko'zga ko'rinadigan va ehtimol eng yirik hissasi oddiy sabab - oqibatli baholash uchun juda murakkab vaziyatlarda obyektiv qaror qabul qilishga imkoniyat beradigan muqobil modellarni ishlab chiqishdadir. Bunday modellarning ko‘pi shunchalik murakkab-ki, hamma ra h b a rla r ham ularni mustaqil ravishda ishlatishga qodir emaslar. Biroq, modellar haqida ishonarli tasavvurning yo‘qligi rahbarning sinash va hatolar usulini qo‘llashiga hamda tekshirilgan usullar qo'llashning o'rniga o'ylanmagan qarorlar qabul qilishiga olib keladi.
M odellashtirish. Model o‘zi nima? Menejment ilmi ishlatadigan ayrim modellarni kompyutersiz amalga oshirish murakkab bo‘lsa-da, modellashtirish konsepsiyasi oddiy. Shennonning ta ’rifiga binoan: «Model - bu obyektning, tizimning yoki g ‘oyaning butuniikning o'zidan farqli m a’ium bir shaklda taqdim etilishi». Masalan, tashkilot sxemasining o ‘zi uning tuzilishini ifoda etadigan modeldir. Ushbu kitobda tavsiflangan hamma m enejment nazariyalari tashkilot yoki uning qandaydir kichik tizimi ishlash modelining mohiyatidir. Siz ko‘p o‘tmay modellarning boshqa - sizga tanish bo'lgan misollari borligiga ishonch hosil qilasiz. 13Qo'llanilayotgan modelni real hayotiy vaziyatni soddalashtirishning asosiy xususiyati deb hisoblasa bo'ladi. Model shaklida murakkablik kamroq bo‘lgani va ishga tegishli bolmagan, real hayotda muammodan chalg‘itadigan m a’lumotlarning yo‘q bo‘lib ketishi sababli u rahbarda uning oldida paydo bo‘layotgan muammolarni tushunish va hal etish qobiliyatini oshiradi. Model, shuningdek, rahbarga o ‘z tajribasini va mulohaza qilish qobiliyatini ekspertlar tajribasi va mulohaza qilish qobiliyati bilan mujassamlashtirishga yordam beradi. Modellashtirish zarurati. Real hayot bilan to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri o ‘zaro m unosabatda bolish o ‘rniga model ishlatishni shart qilib qo'yadigan bir necha sabablar mavjud. Ularga ko‘pchilik tashkilotlarda v aziy atlarn in g tabiiy m urakkabligi, real hayotda, zarur bo'lganda, ilmiy tajribalarni o'tkazishning imkoni bo'lmasligi va rahbariyatning kelajakka qarashi taalluqlidir. Murakkablik. Hamma menejment maktablarida boiganidek, menejment ilmi real olamning tashkilot muammolarini hal etishda
foydali boiishiga intiladi. Insonning model yordamida reallik bilan o ‘zaro m unosabatda bo‘lganida qobiliyatlarining oshishi g'alati ko'rinishi mumkin. Ammo bu shunday, chunki tashkilotning real hayoti nihoyatda m urakkab va m uayyan muammoga taalluqli o'zgaruvchan miqdorlarning faktik soni har bir kishining qobiliyatidan ancha ortiq bo‘ladi hamda uni real hayotni modellashtirish yordamida soddalashtirib anglash mumkin. Ilmiy tajriba o'tkazish. Muammolarni hal etish alternative variantlarni sinab ko'rish va tajribada tekshirish m a’qul bo'lgan menejment vaziyatlari ko‘p uchraydi. Albatta, rahbarlarning yangi
mahsulotga, avvaldan uning ko‘zlaganday ishlashi va iste’molchilar tomonidan qabul qilinishini tajribada aniqlamasdan, millionlab dollarlarni tikishi noto‘g ‘ri bo'ladi. Real hayotda muayyan tajribalar o'tkazish mumkin va shart. «Boing» firmasi yangi samolyotni, «Nissan» yangi avtomobilni, «IBM» yangi kompyuterni loyihalashtirayotganda ular har doim namuna ishlab chiqib, uni real sharoitda tekshiradi va undan keyingina keng ko'lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Lekin, bunday ko‘rinishdagi to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri tajriba o'tkazish qimmat bo'lib, vaqt talab qiladi. Tasavvur qiling, agarda «Jeneral Elektrik» firmasi firma muhandislari tomonidan faqat potensial takomillashtirishlar deb o'ylab topgan mingta qismlarni ishlab chiqarib, sinab ko‘rsa, avtomobil qanday qiymatga ega bo‘lar va undagi yangiliklar qancha kam bo‘lar edi. Bunday holatda modellar yordam beradi. Qaror qabul qilish kerak bo‘lgan, lekin real hayotda tajriba o'gkazish m um kin bo'lm agan behisob tan g vaziyatlar mavjud. Masalan, «Folksvagen» firmasi AQShda ishlab chiqaruvchi korxona qurishga qaror qilganda, unga yetarli ish kuchi, m a’qul bo'ladigan soliq solish shartlari, mavjud va zarur materiallarni olishda va tayyor avtomobillarni yuklab jo'natishda iqtisodiy jihatdan qulay joyni tanlashiga to'g'ri keldi. Unga «Rebbit» modelining ko‘p minglab qismlarini yig‘ish navbatini aniqlash, zavodning o ‘zi qay bir qismlarni ishlab chiqarishi, qay birini esa sotib olishi mumkinligini bilib olish, har bir qismning zarur zaxira darajasini belgilashga to ‘g ‘ri keldi. M a ’lumki, firma bu muammolarni tajriba sifatida har bir imkoni bor joyda bir necha loyihalar bo'yicha zavod qurib hal qila olmasdi.
Menejmentning kelajakka yo‘naltirilganligi To'g'ridan-to'g'ri tajriba o'tkazish mumkin bo'lmagani kabi, mavjud bo'lmagan va hech qachon bo'lmaydigan hodisani kuzatish mumkin emas. Ammo, ko‘p rahbarlar faqat real va xis qiladigan narsani ko'radi, natijada, mavjud bo'lm agan va hech qachon bo'lmaydigan hodisa qandaydir ko'rib bo'ladigan narsaga qaytishi lozim bo'ladi. Modellashtirish - bugungi vaqtga kelib kelajak variantlarini ko'rishning va alternativ qarorlarning potensial oqibatlarini obyektiv solishtirishga imkon beradigan aniqlashning yagona tizimlashtirilgan usuli. Devid B. Xersning ta ’kidlashicha: «Rahbar mavjud eng yaxshi alternativni o ‘z resurslarini taqsimlash, o ‘zi va boshqalar uchun harakatlar navbatini belgilash, yangi odamlar va material resurslarini jalb etish uchun tanlab olishi kerak. Buning uchun u qisqa va uzoq muddatli kelajakda qarorlarning oqibatlari paydo
bo'ladigan muhit xususiyatlari va barqarorligi ta’rifiga ishonishi kerak. 15 U bir paytning o'zida muqarrar va oldindan aytib bo'lmaydigan muhitning butun noaniqligini tasaw u r qilishi kerak». M enejm ent ilmining modellari bu maqsadlarga yuqori darajada moslashgan va kuchli tahliliy vosita sifatida murakkab vaziyatlarda qaror qabul qilish bilan bog'liq ko'p muammolarni hal etishga imkon beradi. M odellarning turi. Zamonaviy tashkilotlar tomonidan keng qo'llanilayotgan modellar va ular yordamida hal etilishi kerak bo'lgan
vazifalarni ko'rib chiqishdan oldin modellarning uch xilini qisqacha ta ’riflab berish zarur. Gap fizik, analogik va matematik modellar haqida ketyapti. Fizik model. Fizik model obyekt yoki tizimni kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan tavsifi yordamida o'rganib chiqiladigan narsani ifoda etadi. Shennonning ta ’kidlashicha: «Fizik (ba’zan «portretli » deb ataJadigan) modelning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u m a’lum m a’noda modellashtirilayotgan butunlik kabi ko'rinadi». Fizik modellar misollari - zavod chizmasining nusxasi, uning faktik kichiklashtirilgan modeli, loyihachining m a’lum bir masshtabda kichiklashtirilgan chizmasi. Bunday fizik model vizual qabul qilishni soddalashtiradi va muayyan bir uskuna uning uchun ajratilgan joyda fizik jihatdan joylasha olishini aniqlashga va bog'liq muammolarni, masalan, odamlar va materiallar harakatini tezlashtiradigan eshiklar joylashishini hal etishga yordam beradi. Avtomobil va aviatsion korxonalar har doim aerodinamik qarshilik kabi m a’lum bir xususiyatlarni tekshirish uchun yangi transport vositalarining kichiklashtirilgan fizik nusxalarini tayyorlashadi. Model aniq nusxa bo'lib, o'zini ishlab chiqilayotgan avtom obil yoki samolyotga analogik holda tutishi kerak, lekin bunda u ancha kam qiym atga ega bo'ladi. Shunday tarzda quruvchi kompaniya har doim ishlab chiqarish, m a’muriy binolar yoki omborxona qurilishini boshlashdan avval ularning kichraytirilgan modelini quradi

Yüklə 63,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin