Mavzu: Menejmentning Vazifasi


Menejment faning obyekti va subyekti



Yüklə 63,75 Kb.
səhifə5/8
tarix24.10.2023
ölçüsü63,75 Kb.
#160159
1   2   3   4   5   6   7   8
Menejmentning vazifalari

2.2. Menejment faning obyekti va subyekti
Menejment ob'ekti haqida so'z yuritganda, eng avvalo, ob'ekt so'zining lug’aviy ma'nosiga e'tibor berish kerak bo'ladi. Shu ma'noda ob'ekt - bu:
- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
- kishi-faoliyati, diqqat-e'tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;
- xo'jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo'lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va b.
Demak, ob'ekt tushunchasi mikro voqeilikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo'lgan ma'noni o'z ichiga oladi. Masalan, "haydovchi o'z mashinasini boshqara olmaganligi sababli u yo'ldan chiqib ketgan". Bu erda boshqaruv ob'ekti bo'lib mashina hisoblanadi.
Yoki, "U kishi o'zini juda yaxshi boshqara oladi". Bu erda boshqaruv ob'ekti bo'lib kishi, shaxs hisoblanadi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub'ekti, ya'ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-boshqaruvchilar bo'lib hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan ob'ekt va sub'ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-jadval).

1-jadval. Menejment ob'ekti va sub'ekti


Menejment

Ob'ekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik) Sub'ekti (boshqaruv organi, rahbarlik)

I. Makrodarajada


Mamlakat (respublika) - qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
- Ijro etuvchi hokimiyat (O’zR Vazirlar Mahkamasi)
- Sud hokimiyati
Viloyat - QQR Jokargi kengashi va viloyat deputatlari
Tuman (shahar) - QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari
- QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari
- Tuman (shahar) xalq deputatlari
- Tuman (shahar)lar hokimliklari
- Tuman (shahar) sudlari
II. Megodarajada

Kontsern (ko’p tarmoqli korporatsiya) - Qo’mitalar va ularning raislar


Sektor (tarmoq) - Vazirliklar va vazirlar

III. Mikrodaraja


Korxona (firma), korporatsiya - Jamoa kengashi va raislar, prezident
Xodimlar - Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
Ishlab chiqarish - Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
Samaradorlik - Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
O’z-o’zini boshqarish - Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol)lar
Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob'ekt va boshqaruvchi sub'ekt tizimlaridan tashkil topadi.
Menejment fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob'ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma'lumot (fakt)lar jamlab baholanadi. Bu ma'lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich hisoblanadi.
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi (2-jadval).
Menejment fanining tahlil usullari
1.Sistemali yondashuv- Boshqariluvchi ob'ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo’lishi mumkin:
- sistemali-kompleks yondoshuv
- sistemali-funktsional yondoshuv
- sistemali-tarkibiy yondoshuv
- sistemali-kommunikatsion yondoshuv
2.Komples yondoshuv -Boshqariluvchi ob'ekt boshqa ob'ektlar bilan o’zaro bog’lanishda va aloqadorlikda qaraladi
3. Tarkibiy yondoshuv -Boshqariluvchi ob'ekt tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganiladi
4.Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv -Boshqariluvchi ob'ektning konkret sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma'qul uslubi qo’llaniladi
5.Integratsion yondoshuv -Boshqariluvchi ob'ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo’llash yordamida boshqariladi
6.Modellashtirish usuli - Boshqariluvchi ob'ektni boshqarish bo’yicha turli sxema, grafik va chizmalar, homaki materiallar tayyorlanadi
7.Iqtisodiy-matematik yondoshuv - Optimal bozor qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo’llash
8.Kuzatish usuli -Boshqariluvchi ob'ekt to’g’risidagi ma'lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash usuli
9.Eksperiment (tajriba) usuli - Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob'ektga nisbatan namunaviy tajribadan o’tgan usullarni qo’llash
10. Sotsiologik kuzatuv usuli - Boshqarish maqsadida turli anketali so’rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o’tkazish
Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog’liqlikda foydalanishni taqozo etadi.
Menejment fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog’liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo’llab, har bir xodimga va jamoaga ta'sir ko’rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog’liqdir.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir

Yüklə 63,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin