Mavzu: Menejmentning Vazifasi


Fanning o’rganish usullari



Yüklə 63,75 Kb.
səhifə6/8
tarix24.10.2023
ölçüsü63,75 Kb.
#160159
1   2   3   4   5   6   7   8
Menejmentning vazifalari

2.3. Fanning o’rganish usullari
Menejment predmeti boshqaruv fani sifatida ko’p sonli hodisalarni qamrab oladi. Ularni quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin:
1. Nazariy menejment predmeti – bu odamlar orasidagi munosabatlarni ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonida o’rganishdir.
2. Amaliy menejment predmeti – xo’jalik mexanizmining elementlarini o’z ichiga oladi, yahni qonunlar, vazifalar, tashkiliy tarkiblar, boshqaruv texnikasi hamda texnologiyasi va boshqalar.
Menejment o’zining izlanish uslublari majmuasiga va boshqaruv usullariga ega. Usul deb, u yoki bu turdagi faoliyatni amalga oshirish vositalari va yo’llari tizimiga aytiladi. Iqtisodni boshqarishning maxsus izlanish usullari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Tizim usuli – boshqaruv muammolarini yechishda ishlatiladi va tizimni bir butunligiga asoslanadi.Taraqqiyot topgan davlatlarda menejmentning bir necha ko’rinishlari ishlatiladi: tizimli, majmuali, tizimli - strukturaviy, tizimli - funksional, tizimli - kommunikatsion va boshqalar.
2. Izlanishning kompleks usuli – voqealarni va ularni bir-biri bilan bo’lgan aloqalarini faqat ushbu fan usuli bilan emas, balki boshqa bir xil hodisalarni o’rganuvchi fanlar usullari yordamida o’rganadi. Masalan, jamoaga tahsir ko’rsatishni o’rganayotgan menejer hech bir ikkilanmay boshqa ijtimoiy fanlar (psixologiya, sotsiologiya, etika va boshqa fanlar) uslubiyatini birga o’rganadi.
3. Izlanishning tarkibiy usuli – bu murakkab hodisalarni tarkibiy bo’laklarga ajratishdan iborat.
4. Vaziyatli yondashish - bu boshqaruv faoliyatini maqbul usullarini ichki va tashqi sharoitga qarab belgilash.
5. Integratsion yondashish – bu izlanish usuli boshqa usullar ko’rsatkichlarini hisobga olish asosida, yahni, tizimli, tarkibiy, vaziyatli yondoshuvlardan foydalanishdir.
6. Modellashtirish – bu usul tizimli yondoshish bilan yaqin bog’liq. Modellashtrish orqali takomillashgan boshqaruv shakllarini bunyod etish imkoniyatlari yaratiladi. Modellashtirishda tashkiliy tarkibning samaradorligini oldindan belgilash imkoniyati ham mavjud.
7. Matematik ( iqtisodiy - matematik usullari, hisoblash texnikasi) usullar keng miqyosda qarorlarning maqbul variantlarini izlab topishda asos sifatida qo’llaniladi.
8. Kuzatish usuli – bu mahlum bir tashkilotni vaqt oraligida o’rganishga asoslangan usuldir. Bu usul katta miqdorda obyektiv mahlumotlarni olishga imkon yaratadi, ularning tahlilini umumlashtirishda, natijalar chiqarilishida va oldindan belgilashda asos bo’lib xizmat qiladi.
9. Eksperimentlash usuli tashkilotning bo’limlarida va rahbarlik sohalarida olib boriladigan keng miqyosdagi tajribalarni nazarda tutadi.

Yüklə 63,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin