III.Xulosa. Menejment - bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir.
Menejment fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob'ekti orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san'ati sirlarini o’rgatishdan iborat. “Menejment” fani bir qarashda osondek tuyuladi, lekin u o’zida ijtimoiy-psixologik holatlarni, jarayonlarni va har xil tamoyillar va usullarni o’z ichiga olganligi tufayli murakkab fanlardan hisoblanadi. Menejmnetnng fan sifatida shakllanishi ham o’ziga xos va yangi fanlardan hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 4947-sonli farmoni • Мескон М.Х.,Альберт М., Хедоури Ф. «Основы менеджмента». 3-е изд: Пер.с англ.-М.: ООО «И.Д. Вильямс:2016. -672с». • U.A. Muxammadiyev va boshqalar. “Menejment”. T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi”, 2019 yil. 283 Dilorom Qosimova Sobirovna “Menejment Nazariyasi” T. “Tafakkur Bo’stoni” 2011