Mavzu: Metallarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati. Reja



Yüklə 43,24 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü43,24 Kb.
#204118
1   2
10.Metallarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati

1.1-jadval. Dunyo bo‘yicha oltin qazib olinishi 1991-2016 yy.


Oltin ishlab chiqarish

1992 y

1995 y

2000y

2015

2016





Dunyo bo‘yicha:


2234


2273


2584




1

Xitoy

112

133

175

450

455

2

Avstraliya


243,5

253,5

296,4

278

270

3

Rossiya

146,1

131,9

142,7

252

250

4

AQSH

322,2

317

355

214

209

5

Kanada

161,4

152

153,8

153

170

6

Peru

18

57,7

132,6

145

150

7

JAR

614,1

522,4

428,3

145

140

8

Meksika

-

-

-

135

125

9

O‘zbekiston


64,5

66

88

102

100

10

Indoneziya


46

62,9

140

97

100




1.2-jadval. Dunyoda oltin ishlab chiqarish, hamda o‘sish va kamayish davrlari va sabablari.

Dunyoda oltin ishlab chiqarish, hamda o‘sish va kamayish davrlari va sabablari


Yil

Qazish

O’sish va kamayish sabablari


Yil

Qazish

O’sish va kamayish sabablari


1900

389,5

Anglya urushi

1942

1000

Urushdan keying eng yuqori ko’rsatgich


1901

392,7

1943

772

1904

522,7

Alyaska sochma konlari ochilishi


1945

654

1910

684,2

1949

728

Kapitalistik davlatlar valyutasi doimiyligi


1915

717

1-Jahon urushi va Rossiyadagi inqilob


1959

998

1918

579

1960

1040



1920

501,7

1966

1285

1925

591,8

Dollar kursining oshishi


1970

1273

1930

651

1972

1180

Valyuta metall oltinning sifatida o’z kuchini yo’qotishi


1934

731

Dollar narxining meyorlashuvi


1975

953

1935

785

1980

946

Oltinning narxining tez ko’tarilishi


1938

1010

Urush oldi eng yuqori ko’rsatgichi

1982

1023

1940

1165

1984

1148


Oltin qazib olishning tezkor suratda usish davri urushdan keyin 1970yilda Janubiy Afrika Respublikasi hissasiga to’g’ri keldi, unga asosan 1 yilda JAR 1000,3t oltin qazib olib, bu butun dunyoda qazib olingan oltinning 80%ni tashkil qildi. So’nggi yillarda JAR oltin qazib olish hajmi 450-500t gacha qisqardi. Shuningdek 2-jahon urushidan so’ng AQSH va Kanadada ham oltin qazib olish hajmi ancha qisqardi.1995-98yy.larga kelib esa oltin ishlab chiqarish sanoati yangi oltin qazib olish fabrikalari hisobidan oshdi, bu AQSH, Kanada, Avstraliya, Xitoy, Indoneziya, Papua-Yangi Gvineya davlatlari hissasiga to’g’ri keldi.
Ayni vaqtda oltin qazib olish bo’yicha 1-o’rinni JAR, 2-o’rinni AQSH, 3-o’rinni Avstraliya, 4-o’rinni Kanada, 5-o’rinni Xitoy egallagan. (1-jadval.)
Oltinning katta qismi(94-96%)rudalardan qazib olinadi, 2,5-3% esa yo’ldosh usulda boshqa rangli metallarni olish vaqtida qazib olinadi. Biroq yetakchi kapitalistik davlatlar hisoblangan Kanada va AQSHda bu ko’rsatgich 20-25-30%ni tashkil qiladi.
So’nggi yillarda jahon miqyosida oltinga bo’lgan talabning oshishi ko’p miqdorda oltin zahiralarining vujudga kelishiga imkon yaratdi. Jahon iqtisodiyotida ikkilamchi resurslarning qo’llanilishining tinimsiz o’sishiga olib keldi. Oltin zaxiralari taxminan quyidagicha taxsimlanadi: 60% davlat g’aznasida(banklarda), 20% - xususiy qo’lda (tuplanishi) va 20% - qimmatbaho buyumlar holatida(zargarlik va tasviriy ishlanmalar kurinishida) va sanoat mahsulotlari shaklida.
Hozirgi vaqtda oltin metallurgiyasi oldida murakkab tarkibli atalmish sulfidli, mishyakli, surmali va glinali rudalardan oltin va boshqa metallarni to’liq ajratib olish yangi rivojlangan usullar evaziga amalga oshirilmoqda. Bo’tanalardan oltinni sorbsiya usulida ajratib olish keng miqyosida qo’llanilmoqda. Rangli metallarni yo’ldosh usulda qazib olish hajmi yanada kengaymoqda. Oltin ajratib olishning MDH davlatlarida tarqalishi taxminan quyidagicha ko’rinishga ega: rudadan 50%, sochma konlardan 40%, yo’ldosh usulda qayta ishlash 10%ni tashkil qiladi. Ayni vaqtda oltin qazib oluvchi zavodlarning zaxirasi bo’yicha, ruda tarkibidagi oltin miqdori bo’yicha, ishlab chiqarish hajmi bo’yicha va 1gramm oltin olish uchun tan narxiga oid ko’rsatgichlar quyidagi jadvalda keltirilgan.(3-Jadval).

1.3-jadval. 1gram oltin olish uchun tan narxiga oid ko’rsatgichlar.

Zaxirasi, t.


Ruda tarkibidagi oltin miqdori, g/t


Oltin ishlab chiqarish hajmi t/y.


Juda ko’p >1000


Juda boy..... >10


Juda ko’p...>50


Ko’p……….100


Boy..............5-10


Ko’p....10-50


O’rtacha.10-100


O’rtacha..... .2-5


O’rtacha 5-10


Kam ...... ...1-10


Kambag’al.0,5-2,0


Kam.......1-5


Juda kam....< 1


Juda kambag’al..


Juda kam .< 1



Oltinning eng yaqin xususiyatlarini o‘zida jamlagan, ammo havoda uzoq tursa oksidlanib qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab-chiqarish va xalq xo‘jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi o‘rinda turadi. Oltin o‘zining o‘zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomalasi o‘rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u davlatlarning jahon banklaridagi boylik jamg‘armalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi.
Davlatlararo tovar ayirboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir.
Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, kosmik laboratoriyada va stansiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o‘tga va kislotaga chidamli asbob-uskunalarda ishlatiladi. Oltin va uning qotishmalari samalyotsozlik va raketasozlikda yuqori sezgirlikka ega elementlarni oksidnashini oldini olish uchun qo’llaniladigan dastgohlarda ishlatiladi: olovbardosh qotishmalarni payvandlashda, raketasozlikda, reaktiv dvigatellarda, yader reaktorlarida, kosmik kemalarda keng qo’llaniladi. Turli xildagi radio va rentgen dastgohlari ishlab chiqarishda elektronika va elektrotexnikada keng qo’llaniladi.
Kumush sanoatda katilizatorlar sifatida, kumush qoplama, xalq xo‘jaligida idish-tovoq tayyorlashda ishlatiladi. Kumush idishlarda saqlangan suv uzoq paytgacha aynimaydi. Platina va platinoidlardan eng sezgir, o‘tga chidamli, asbob-uskuna, laboratoriya jihozlari tayorlashda ishlatiladi. Platina va palladiy neft sanoatida katalizator sifatida keng ishlatiladi. Shu boisdan nodir metallarni ko‘proq ishlab-chiqarish zarurdir. Buning uchun rudalar tarkibida murakkab sharoitda bo‘lgan nodir metall elementlarini, fan va texnikaning eng ilgor, faol, samarali yutuqlaridan foydalanish zarur buladi.
Misning asosiy iste’molchilari foto va kinomotografiyada, rentgenografiyada va boshqa foto mahsulotlar olishda ishlatiladi. Shuningdek kumush elektronika va elektrotexnikada, radiotexnika va mashinasozlikda keng qo’llaniladi. Kumushning muhim iste’molchilaridan raketasozlik, kosmik va aviotexnika, dengiz xarbiy qismlar, shuning bilan bir qatorda kumush-rux va kumush-kadmiyli akkumulyatorlar ishlab chiqarish sanoatidir. Xozirgi vaqtda kumushning 70%dan ortig’i sanoat maqsadida ishlatilsa, qolgan qismi esa tanga tayyorlashda, bezag vositalar va uy ro’zg’or buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Kumushning asosiy iste’molchilari (t/y): AQSH 3500-4500; Rossiya 1400-1500; Yaponiya 1800-3200; Italiya 900-1100; Angliya 700-850; Fransiya 450-600. Bu davlatlar hissasiga barcha iste’mol qilinadigan kumushning 85% to’g’ri keladi. Kumush ishlab chiqarishning 80% yo’ldosh usulda qazib olishga asoslangan bo’lib faqatgina 20%gina to’g’ridan to’g’ri rudadan olinadi.
Platina guruhi metallari yuqori karroziyaga chidamli va eng qiyin sharoitlarda ham o’z xususiyatlarini o’zgartirmasligi sababli xalq xo’jaligida keng qo’llanildi.
2-Jaxon urushiga qadar 60% platina zaragarlik va meditsinada ishlatildi. 2-jaxon urushidan so’ng esa shu sohalarda platina qo’llanilishining ulushi 8-10% gacha tushib ketdi. Shuning bilan bir qatorda platina sanoatda keng qo’llanila boshlandi.
Platina guruhi metallarining asosiy iste’molchilari kimyo sanoati, neftni qayta ishlovchi sanoatda, elektrotexnikada va avtomabil sanoatida, shuningdek shisha ishlab chiqarishda, asbobsozlikda va mudoofaa sanoatida keng q’llaniladi.
Kimyoviy tajriba sharoitida platina tajriba idishlari va dastgohlarida tayyorlashda ishlatiladi. Bu metallar elektrotexnika sanoatida eritmalarda erimaydigan anod shaklida qo’llaniladi, masalan vodorod pereoksid ishlab chiqarish sanoatida,perxlorat olishda keng qo’llaniladi. Platina va palladiy qoplamalari reaktorlar va maxsus idish va dastgohlar tayyorlashda ishlatiladi.
Kimyo sanoatida platina va palladiy maxsus machalkalar olishda, panjaralar tayyorlashda, similar listlar va kalloidlar olishda qo’llaniladi, shuningdek organik va neorganik mahsulotlar olishda katalizator sifatida ishlatiladi. Ularni azotdan ammiak ishlab chiqarishda ishlatiladi. Katalizator sifatida platinining qotishmalari ya’ni palladiy-platinali, rodiyli, iridiyli va ruteniylilari ishlatiladi.
Elektrotexnika sanoatida, elektronika va asbobsozlikda platina keng qo’llanilib, platina qotishmalari kontaktlar tayyorlashda, elektr qarshilik asboblarida, potensometr olishda, elektr saqlagich ishlab chiqarishda, rentgen quvurlarini elektrodlari olishda, aloqa vositalarida, astronomik asboblar olishda ishlatiladi.
Platina va rodiyli qotishmalar yuqori haroratni o’lchovchi termoparalar olishda ishlatiladi(1300-1800 °C). 40% Ir va 60% Rh li qotishmalar 2000-2300 0C temperaturani o’lchashga bardoshlidir.
Ruteniy yuqori zichlikka ega bo’lgan detallar tayyorlashda keng qo’llaniladi.
Osmiy va Iridiy juda yuqori qattiqlikka egaligi bilan boshqa metallardan ajralib turadi va shuning uchun yuqori aniqlikka ega bo’lgan o’lchov asboblari olishda ishaltiladi. Platina va kobalt qotishmasi kuchli doimiy magnit olishda ishlatiladi.
Meditsinada platina va uning qotishmalari igna, shprislar tayyorlashda ishlatiladi. Palladiy tish protezlari olishda ishlatiladi.
Palladiy va ruteniy bir muncha platinadan arzon bo’lib, boshqa qimmat metallarni o’rnini almashtirish uchun ishlatiladi.

Nazorat savollari
  1. Nodir metallar guruhiga qaysi metallar kiradi?


  2. Asosiy oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarga qaysilari kiradi?


  3. Nima sababdan oltin xalqaro valyuta vositasi hisoblanadi?




http://fayllar.org
Yüklə 43,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin