Mavzu Metalni kesish, va qismini belgilash. (tekislik va fazovi
YASSI VA EGRI SIRTLARGA ARIQCHALARNI KESISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI. Yassi sirtlarga ishlov berishda tayyorlanadigan detallning konturini va rejalanadigan taxta ustiga qo’yib uni ketma-ketlikda zubilo yordamida ishlov beriladi. Reja chizig’i bo’ylab qiya vertikal holatga keltirib bolg’a bilan kontur bo’yicha zarba beriladi. So’ngra listni ag’darib metalni zubilo izlari bo’yicha kesib chiqiladi. Listni ag’darib kontur bo’yicha kesish quyidagicha bajariladi. Dastavval zagatovkani sirtiga iz tushirilib kresmaysel bilan 1,5–2 mm chuqurlikda ariqcha ochiladi. Kesish natijasida hosil bo’lgan notekisliklar tuzatilgach uning aniqligi andoza bilan tekshiriladi. Rangli qotishmalarni kesishda zubiloni sovunli suv bilan hullash, yoki moyli latta bilan artish kerak. Bu usul zubilo tig’ini o’tkirlashiga olib keladi.
Reja izlari bo’yicha kesishda murakkab operasiyalardan biridir. Zagatovkani gera jag’iga kerner izlari bo’yicha ko’rinadigan qilib qisiladi, va izlar bo’yicha kesiladi.
Birinchi zarbani zubiloni gorizontal holatiga o’riladi. Keyinchalik esa 25-30 gradus qiyalatib o’riladi. Metallarni qo’lda kesishda quyidagi xavfsizliklarga rioya qilinishi kerak. Chilangarlik bolg’asining sopi mahkam o’rnatilgan va darz ketmagan bo’lishini tekshiriladi. Kresmaysel va zubiloni ishlashda himoya ko’z oynagi ham taqiladi. Mo’rt va qattiq metallarni kesishni to’siq to’rdan foydalanish zarur. Qo’lni shikastlanishdan saqlash uchun himoya vositalaridan foydalanishni zubilolar uchun himoya xalqasi shaybadan foydalaniladi.
Zubiloni zagatovka chetiga shunday o’rnatish kerakki, tig’ gerasining ikkala jag’lari sirtiga joylashsin. Zubiloni qiyalik burchagiga ishlov burchagida 30-35 gradus qiyalikda o’z o’qiga nisbatan 45 gradusda bo’lishida kerak.
Zubilo bilan ishlashda asosiy qoidalarga metall kesishda mustahkam og’ir geralardan foydalaniladi. Chilangarlikda kesish ishlarida buruluvchi va burilmaydigan parallel jag’li murakkab temirchilik ishlarida esa maxsus kursiga o’rnatiladi. Stol geradan foydalanib kesish vaqtida gavdani holatini saqlab turish ish unundorligini oshiradi.