Mavzu: Metodlarni qo’llash sohasi Reja



Yüklə 25,72 Kb.
səhifə3/4
tarix17.04.2023
ölçüsü25,72 Kb.
#99422
1   2   3   4
Mavzu Metodlarni qo’llash sohasi Reja

Metodlarning turlari
Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogi-psixologik fanida o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o’quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim: zamonaviy didaktikaning yetakchi g’oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o’ziga xosligi; xususiy fanlar metodikasining o’ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi; muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; u yoki bu mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt; o’quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi; o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; o’quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko’rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi.
O’qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og’zaki, ko’rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshharish metodlarini nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish vositalari va ularning tasnifi.
Ming marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan yahshi» degan naqlni hamma biladi. Og`zaki ravishda materiallarni o'zlashtirish ko'rsatkichi 10%, bo'lgan sharoitda dars o'tish samarasiz bo'ladi. Mashg`ulotlarda o’quv materialni ko'rgazmali shaklda taqdim etish lozim. Ta'lim vositalari - o’quv materialini ko'rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ta'limning tehnik vositalari (TTV) - o’quv materialini ko'rgazmali namoyish etishga, uni tizimli etkazib berishga yordam beradi; tinglovchilarga o’quv materialini tushunishlariga va yahshi eslab qolishlariga imkon beradi.Yordamchi ta'lim vositalari (YOTV) - grafiklar, chizmalar, namunalar va h.k. boshq.
O’quv - uslubiy materiallar (O'UM) - o’quv materiallar, o'zlashtirilgan o’quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular tinglovchilarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradilar.

Xulosa
Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o’qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki maxsus ko’rsatmani o’quvchilar e’tiboriga havola etadi. Qayd etilganidek, ushbu metodlar o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.


Yüklə 25,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin