Mavzu: mexanik tebranishlar



Yüklə 362,97 Kb.
səhifə3/6
tarix16.05.2023
ölçüsü362,97 Kb.
#114389
1   2   3   4   5   6
Mavzu mexanik tebranishlar

Garmonik tebranishlar. Tebranma protsesslarning fizik tabiati va murakkablik darajasi jihatidan turli tuman bo’lishiga qaramay, ularning hammasi ba‘zi umumiy qonuniyatlar asosida ro’y beradi va ularni garmonik tebranishlar deb ataluvchi eng sodda davriy tebranishlar to’plamiga keltirish mumkin. Shuning uchun garmonik tebranish qonuniyatlarini o’rganish katta amaliy va nazariy ahamiyatga ega. Garmonik tebranishning asosiy qonuniyatlari va harakteristikalari bilan moddiy nuqtaning aylana bo’ylab tekis harakati misolida qarab chiqish qulay.
Faraz qilaylik, M moddiy nuqta A radiusli aylana bo’lib soat strelkasining yo’nalishiga teskari yo’nalishda o’zgarmas burchakli tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsin. U vaqtda bu nuqtaning vertikal N o’qi bo’lib proektsiyasi О muvozanat holati atrofidagi davriy tebranishni ifodalaydi. (x=ОN) +A dan – A gacha o’zgaradi. U holda chizmaga asosan tebranishning t paytidagi siljishi quyidagicha bo’ladi:
(6.2)
Bu yerda –fazoviy burchak yoki tebranishning fazasi deyiladi. Fazaviy burchak tebranayotgan nuqtaning holatini va tebranish paytidagi yo’nalishini harakterlaydi. M moddiy nuqta aylana bo’lib tekis burchak tezlik bilan harakat qilayotganligini hisobga olsak fazoviy burchak quyidagicha ifodanalinadi:
(6.3)
(6.2) formulani quyidagi ko’rinishga olib kelamiz:
Ma‘lumki burchak tezlik aylanish davri T, aylanish chastotasi bilan bilan quyidagicha bog’langan: (6.4)
(6.3) va(6.4) larni (6.2) ga qo’yib quyidagi ifodani hosil qilamiz:
(6.5)
Bu M nuqtaning vertikal o’qdagi proektsiyasi, agar gorizontal o’qdagi proektsiyasini olsak (6.5) tenglama kosinus funktsiya orqali ifodalanadi, ya‘ni:
(6.6)
Shunday qilib, garmonik tebranma harakat deb, sinus yoki kosinus funktsiyalari bilan ifodalanadigan eng sodda tebranishlarga aytilar ekan.
Garmonik tebranma harakatning tezligi va tezlanishi. Garmonik tebranma harakat qilayotgan jism oniy tezlik va oniy tezlanishga ega bo’ladi. Garmonik tebranayotgan nuqtaning oniy tezligi х siljishning vaqt bo’yicha o’zgarishini harakterlaydi.
(6.7)
Bunda tezlikning amplituda ifodasi. Garmonik tebranayotgan nuqtaning oniy tezlanishi tezlikning vaqt bo’yicha o’zgarishiga teng bo’ladi, ya‘ni: (6.8)
Bu yerda tezlanishning amplituda ifodasi. Garmonik tebranyotgan nuqtaning tezligi va tezlanishi ham garmonik ravishda o’zgarar ekan.
Garmonik tebranayotgan m massali moddiy nuqta tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa o’nga (bunda kvazielastik kuch koeffitsienti) kuch ta‘sir qiladi shuning uchun u Wk kinetik va Wn potentsial energiyalarga ega bo’ladi
(6.9)
(6.10)
Garmonik tebranayotgan moddiy nuqtaning to’liq energiyasi quyidagiga teng bo’ladi: (6.11)
Shunday qilib garmonik tebranayotgan moddiy nuqtaning energiyasi massasi ga, amplitudaning kvadrati А2 ga proportsional bo’ladi.
Energiyaning saqlanish qonuniga binoan garmonik tebranadigan moddiy nuqtaning to’liq energiyasi o’zgarmas bo’lib, kinetik energiya potentsial energiyaga va aksincha aylanib turadi, ya‘ni:
(6.12)

Yüklə 362,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin