Mavzu: mikroelementlarning o`simlikka ta’siri



Yüklə 27,39 Kb.
səhifə2/7
tarix17.10.2022
ölçüsü27,39 Kb.
#65292
1   2   3   4   5   6   7
MIKROELEMENTLARNING O`SIMLIKKA TA\'SIRI

Bor (B). Bor elementi (bor arabcha «oq va zarrabin modda») Farangistonlik
olimlar Jozef Gey-Lyussak va Lui Tener (1808) lar tomonidan kashf qilingan.
O‘simliklar tarkibida oradan 50 yil o‘tgach, ma’lum bo‘ldi. Bor tanqisligida gullar
soni keskin kamayadi, shona va tugunchalar to‘kiladi, poya hamda ildizning o‘sish
nuqtalari shikastlanadi. Bor hujayradagi suv miqdorini ko‘paytiradi, oqsil va uglevod almashinuv jarayonini tezlashtiradi. Bu qand moddalarini o‘sish nuqtalari
va mevaga borishini tartibga soladi. o‘simliklarning qurg‘oqchilikka bardoshini
oshiradi.
Bor yetishmasa, fotosintezjarayoni sekinlashadi, shuningdek o‘simliklarning
ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. O‘simliklar tarkibidagi bor miqdori o‘rtacha
0,0001% yoki 1kg quruq moddada 0,1mg ga tengdir. Bor tanqisligida o‘simliklarda quruq va jigarrang chirish, sarg‘ayish, ildizmevalarning o‘zaklanishi hamda bakterioz kabi illatlar kuzatiladi. Kungaboqar, pomidor, gulkaram, beda, xashaki ildizmevalilar, go‘za, zig‘ir, sholi, sabzavotlar va qand lavlagi borga talabchan o‘simliklar jumlasiga kiradi. Tuproq tarkibida bor miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o‘simliklarda zaharlanish alomatiari paydo bo‘ladi. Poyaning pastki qismidagi barglar sarg‘ayadi, to‘kiladi. Borning ko‘pligi chorva mollarining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Turli tuproqlarda bor tanqisligining quyi chegarasi turlicha bo‘ladi, bu
ko‘rsatkich qora tuproqlarda 0,3-0,6 mg/kg, bo‘z tuproqlarda 0,45-2 mg/kg dan
past bo‘lganda borli o‘g‘itlar qollash lozim. Borli o‘g‘itlarni qo‘llash natijasida
zig‘ir (tola) va paxtadan gektariga 2-3 sentnergacha qo‘shimcha hosil olish mumkin. Qand lavlagi hosildorligi 45 sentnerga oshib, tarkibidagi qand moddasi 0,3-2,1% ga ko‘payadi.
Agarda tuproq tarkibida bor moddasi bo‘lmasa, o‘simlik yoshlik davridayoq
o‘sishdan to‘xtaydi. o‘simliklarda bor moddasining yetishmasligini uning tashqi
ko‘rinishidan ya’ni, o‘simliklarning sekin o‘sishidan, yosh poya va yaproqlarning
mo‘rtlasha boshlashidan dukkakli o‘simliklar ildiz tuganaklarining zaiflashganligidan bilish mumkin. Bu hol o‘simliklarda oziqa moddalari harakat
qiladigan yo‘llar faoliyatining buzilishiga bog‘liqdir.
Bor hamma elementlarga bir xil miqdorda zarur emas. Tarkibidagi borning
miqdoriga qarab, ular bir biridan kuchli farq qiladi. Arpa, bug‘doy, tariq, suli,
makkajo‘xori kabi bir pallali o‘simliklarda bor juda kam bo‘ladi, ikki pallali
o‘simliklarda esa juda ko‘p boiadi. o‘simlik tarkibida bor qanchalik ko‘p bo‘lsa, u
borning yetishmasligini shunchalik tez sezadi. Bir o‘simlikning o‘zida (ildizda, poyasida, yaprog‘ida, gulida) turli vaqtda mikroelementlar miqdori turlicha bo‘ladi. Demak, o‘simliklarning borga bo‘lgan talablari turlichadir. Ba’zi o‘simliklar shonalash davrida borga juda boy bo‘ladi.
Masalan: shu davrda kungaboqar yaprog‘ida uning miqdori 0,005% gacha
yetadi, boshqa davrlarda esa juda kam bo‘ladi. Temperaturaning o‘zgarib turishi
ham o‘simlikning borga bo‘lgan talabiga ta’sir ko‘rsatadi, harorat pasayganda
borga bo‘lgan talab ham pasayadi.
Borli mikroo‘g‘itlar jumlasiga borat kislota, bor-magniyli o‘g‘it va borli
superfosfatlar kiritiladi.
Borli superfosfat - tarkibida 0,2% bo‘r bo‘lib, asosan qand lavlagi, ozuqabop
ildizmevalilar, boshoqli don ekinlari, grechixa kabi ekinlarga tuproqni ishlash
paytida, gektariga 2-3 s, ekish oldidan qator oralariga 1-1,5 s miqdorda beriladi.
Tarkibida 2,2% bo‘r tutgan bor-magniyli o‘g‘it ham asosan yuqorida aytib o‘tilgan
ekinlar va zig‘ir uchun gektariga 20 kg miqdorida beriladi.
Borat kislota - tarkibida 17,3% bor mavjud va undan asosan o‘simliklarni
ildizdan tashqari oziqlantirishda foydalaniladi (0,5-0,6 kg/ga). Bir sentner urug‘ni
100g borat kislota bilan aralashtirib ekish ham yaxshi natija beradi. Borli o‘g‘itlarni qo‘llash natijasida zig‘ir (tola) va paxtadan gektariga 2-3 s gacha qo‘shimcha hosil olish mumkin. Qand lavlagi hosildorligi 45 s/ga oshib, tarkibidagi qand moddasi 0,3-2,1% ga ko‘payadi.

Yüklə 27,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin