Mavzu. Mikroiqtisodiyotga kirish: iqtisodiy bazis tushunchalar



Yüklə 140,73 Kb.
səhifə3/8
tarix15.02.2023
ölçüsü140,73 Kb.
#84443
1   2   3   4   5   6   7   8
1 Mavzu Mikroiqtisodiyotga kirish iqtisodiy bazis tushunchalar

Investitsion resurslar - ilgari inson mehnati orqali yaratilgan ne‘matlar.
Real kapital – iste‘molchilar uchun xizmatlar ko’rsatishda tovar- lar ishlab chiqarish va tashishda foydalaniladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob – uskunalar, vositalar, inshoatlar va boshqalar.
Moliyaviy kapital – (ular, obligatsiyalar, bank depozitlari va pul- lari) ishlab chiqarish omillariga kirmaydi, chunki real ishlab chiqarish bilan bog’liq emas, faqatgina real kapitalga erishishda foydalanila- digan bir vosita bo’lib xizmat qiladi.
Yer – qishloq xo’jaligi, shahar sanoat, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan foydali resurslar, suv resurslari.
Tadbirkorlik iqtidori – ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa- rish, asosiy masalalarni hal qilish, tavakkalchilikka yo’l qo’yish, yangi texnologiyalarni jalb qilish qobiliyatlari majmui.
Axborot - ―Jahon xo’jaligi va undagi jarayonlar haqida ma‘lu- motlar. Aniq ma‘lumot, axborotga ega bo’lish, iqtisodiy subyektlar oldida turgan global muammolarni hal qilishga turtki bo’ladi.
Bilim – boshqaruv, savdo-sotiq, iste‘molchilarga xizmat ko’rsa- tish sohasidagi malakali kadrlar tomonidan eng to’g’ri qarorni qabul qilishda asosiy vosita sifatida qo’llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqorida qayd etilgan iqtisodiy resurslar erkin sotiladi, sotib olinadi va o’z egalari uchun alohida daromad ko’rinishida: ya‘ni renta (yer), foiz (kapital), oylik maosh (mehnat), foyda (tadbirkorlik faoliyati) keladi.
Ehtiyoj – shaxsni hayot faoliyatini ushlab turish uchun shart bo’l- gan obyektiv ehtiyojlar. Ehtiyojlar birlamchi (oziq-ovqat mahsulotlari) va ikkilamchi (tafakkurni kuchaytirish) bo’lishi mumkin.
Jamiyatda insoniyat doimiy ravishda asosiy to’rtta iqtisodiy savollarga javob berishga harakat qiladi :

  1. Nima ishlab chiqarish kerak?

  2. Qanday ishlab chiqarish kerak?

  3. Kim uchun ishlab chiqarish kerak?

  4. Qachon ishlab chiqarish kerak?


Yüklə 140,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin