REJA: 1.1. Iqtisodiyotning bosh muammosi: ehtiyojlarning cheksizligi va resurslarning cheklanganligi 1.2. Iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlar 1.3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari 1.4. Resurslar va ne’matlarni taqsim-lashning bozor mexanizmi: iqtisodiy doiraviy aylanish modeli
Amaliy darsning o’quv maqsadi:
Talabalarda jamiyatdagi iqtisodiy muammolarni idrok etishda
―Mikroiqtisodiyot fanining roli, mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi, tanlash muammosi, alternativ harajatlar, iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha hosil qilish, bilim va ko’nik- malarni shakllantirishdan iborat.
Iqtisodiynazariya,mikroiqtisodiyot,makroiqtisodiyot,pozitivmikroiqtisodiyot, normativ miroiqtisodiyot, iqtisodiy model, resurslar,ehtiyojlar, kamyoblik, iqtisodiy talab, alternativ xarajatlar, iqtisodiytahlilmetodologiyasi
―Mikroiqtisodiyot fani korxonalar, firmalar va shu kabi mam- lakat xalq xo’jaligining quyi bo’g’inidagi ob‘ektlar faoliyatiga taal- luqli fan bo’lganligi uchun u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne‘matlarni ko’paytirishni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi.
Iqtisodiy muammolarning tub mohiyati resurslarning cheklanganligi hamda inson ehtiyojlarining cheklanmaganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon iqtisodiyotnazariyasiningpredmetini belgilab beradi.
Iste’molchi o’zining daromadlarini cheklanganligi sababli, istal- gan tovar va xizmatlarni sotib ola olmaydi. Firma o’zi uchun muhim ustivor yo’nalishlarni belgilab olib, boshqa yahshi loyihalardan voz kechishga majbur.
Davlat o’zining ijtimoiy siyosatini qat‘i belgilangan chegaralarda olib borishga majbur. U daromadlari cheklanganligi sababli, funda- mental ilmiy tadqiqotlarni bir vaqtning o’zida moliyalashtira olmaydi.
Zamonaviy iqtisodiy nazariya tarkibiy jihatidan 2 katta bo’limga ajratiladi: Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot.