1 Mavzu Mikroiqtisodiyotga kirish iqtisodiy bazis tushunchalar
Makroqitisodiyot– umum iqtisodiy tizimni va uning yirik tarmoqlari faoliyatini o’rganadi.
O’rganish obyekti – MD, YaIM, iqtisodiy o’sish va umumiy bandlik darajasi, iste‘mol harajatlari, milliy jamg’armalar va boshqa yirik ko’rsatkichlarni o’rganadi. Mikroiqtisodiyot – alohida iqtisodiy subyektlar (iste‘molchilar, ishchilar, investorlar, firmalar va boshqa) faoliyatini o’rganadi.
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti – bozor iqtisodiyoti sharoi- tida aniq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste‘mol hajmi, narxlarning shakllanishi, resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlani- shi, iste‘molchilarning tovar sotib olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarishi, sotishi va shu kabi boshqa jarayonlarni o’rganish hisoblanadi.
Mikroiqtisodiyot fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmi
Resurslardan samarali foydalanish yo’llarini
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar, korxonalar va uy xo’ja- liklarining tutgan o’rni
Raqobatlashuv va korxonalar samaradorligi
Ishlab chiqarish va uni tashkil etish kabilarni o’rganish va ular- ni tahlil qilish.
Resurslar– inson uchun kerakli bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddiy ne‘matlar va xizmatlar yig’in- disidir.
Shuning uchun bu resurslarni optimal ravishda taqsimlash va samarali foydalanish shart. Iqtisodiy resurslar (ishlab chiqarish omil- lari) – quyidagi tarkibiy qismlarga bo’linadi :
Mehnat resurslari, mehnat
Investitsion resurslar, kapital
Tabiiy resurslar, yer
Tadbirkorlik iqtidori, qobilyati va salohiyati.
Axborot resurslari
Bilim, boshqaruvchanlik qobiliyati.
Mehnat – aqliy va jismoniy qobiliyat orqali iqtisodiy ne‘matlarni yaratish bo’yicha insonning faoliyati.