O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi vamilliy iqtisodiyotni shakllanishi.
1991 yil 31 avgust kuni Toshkent shaxrida Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekistonni davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
Maxsus qaror bilan O’zbekiston SSR «O’zbekiston Respublikasi»,deb ataladigan bo’ldi. 1 sentyabrь-Mustaqillik kuni, deb belgilandi. O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida qonun qabul qilindi.
1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasining Davlatbayrog’i
tasdiqlangan;
1992 yil 2 mart O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lib qabul qilingan;
1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan;
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan;
1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Davlatmadhiyasi
tasdiqlangan;
1994 yil 1 iyulda O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi muomalaga kiritilgan.
2006 yil 25 yanvarda O’zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi unitar davlat bo’lib, davlat hokimiyati hokimiyatning taqsimlanish nazariyasiga binoan mustahkamlangan. Unitar davlatda davlat tuzilishi shakli, davlat xududi tarkibida, federatsiyadan farqli ravishda, federativ birliklar (shtatlar, yerlar) bo’lmaydi, balki u ma’muriy- hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, va hokazo) ga bo’lingan bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi hududiy jihatdan bo’linmas yagona davlatni tashkil qiladi. Uning tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyatlar, 158 ta tumanlar, 119 ta shaharlar kiradi. Maydoni– 448,9 ming kv. km. chegaralarining uzunligi 6621 km, aholisi – 29,6 mln kishi, undan 51,3 % shahar, 48,7 % qishloq aholisini tashkil qiladi. 1 km2 ga to’g’ri keladigan aholi soni 63 kishidir. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlari – 28,5 mln.ga, shundan sug’orishga yaroqli yerlar 5 mln.ga,jami ekin maydoni 3,7 mln. ga ni tashkil qiladi1. O’zbekiston Qozog’iston, Tojikiston,Qirg’iziston, Turkmaniston va Afg’oniston davlatlari bilan chegaradosh. Bayram kunlari bir yilda 9 kun.