Mavzu: milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 52,94 Kb.
səhifə2/11
tarix17.02.2023
ölçüsü52,94 Kb.
#84659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Mavzu

Tashkiliy jihatdan – xo’jalik yuritish sub’ektlar yig’indisi – tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, ishlab chiqarish turlari, tarmoqlar, mintaqalar, ularning o’zaro aloqalari va munosabatlaridan iborat.
Tarkibiy jihatdan – xo’jalik majmualari – sanoat, agrosanoat majmuasi, yoqilg’i-energetika majmuasi, qurilish majmuasi va boshqalar.
Resurslar bo’yicha – imkoniyatlar yig’indisi – tabiiy xom-ashyo, demografik va mehnat, ilmiy va innovatsion, ishlab chiqarish, ekologik xususiyatlardan iborat.
Institutsional jihatdan – bozor institutlari va milliy bozor segmentlari yig’indisi – ishlab chiqarish vositalari bozori, tovar va xizmatlar bozori, kapital
bozori, ipoteka bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, fond bozori, mehnat bozori, intellektual mulk ob’ektlari bozori, uy-joy bozori va boshqalardan iborat.
Xarakat qilish va boshqarish darajasi bo’yicha milliy iqtisodiyot makrodarajada (butun iqtisodiyot) mezodarajada (tarmoqlar, mintaqalar) va mikrodarajada (korxona, birlashchi ishlab chiqarish) tahlil qilinadi.
Milliy iqtisodiyot mamlakat iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatish shakli bo’lib, mamlakat hududida yashovchi asosiy millat (xalq)ning tarixan shakllangan va rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadigan, mahalliy, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xo’jalik tarmoqlari, korxonalari, mehnat uyushmalari, xududlari va mintaqalari tizimidir.
Milliy iqtisodiyot fani – iqtisodiyotning shakllanish va rivojlanish muammolarini yangi sharoitda, mustaqillik sharoitida o’rganadigan iqtisodiy fanlar tizimidagi yosh fandir.
Milliy iqtisodiyot – bu tarmoqlar xususiyatini birlashtirgan, mujassamlashtirgan kompleksdir.
Milliy iqtisodiyot – bu mamlakat xo’jaligini, uning tarkibini, uning ayrim elementlarini o’zaro bog’liqligidir.
Milliy iqtisodiyot- iqtisodiyotni ham milliy (nomos), ham iqtisodiy (oikos)qismlarini birlashtiradi. “Milliy” so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib “natio”-xalq so’zini bildiradi. “Iqtisodiyot” esa grekcha so’zdan olingan bo’lib “oikonomike”- uy xo’jaligini boshqarish san’ati ma’nosini anglatadi.
Iqtisodiyot, milliy – deb atalsa ham, u ma’lum bir millat manfaatini ifodalamaydi, balki umummilliy manfaatlarga xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi bilan bog’liq xodisadir. U eng avvalo, XVII asrning o’rtalarida Angliyada qaror topdi. Hozirgi paytda uning kapitalistik, sotsialistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik shakllari mavjud. Masalan, kapitalistik milliy iqtisodiyotga uning amerikacha, nemischa, yaponcha shakllari to’g’ri keladi. Sotsialistik milliy iqtisodiyot esa Xitoy, Vьetnam va Kubada mavjud bo’lib, asosiy soha va tarmoqlarda davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilik. Tovar-pul munosabatlariga asoslangan o’rta va kichik xo’jaliklarga va boshqa bozor munosabatlariga keng yo’l ochilayotgan iqtisodiy faoliyat shakllarini kiritish mumkin.
SHarqiy Yevropa mamlakatlarida va sobiq SSSRda o’ta markazlashgan ma’muriy davlat sotsializmining inqirozga uchrashi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda postsotsialistik iqtisodiyot qaror topdi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin bozor munosabatlariga asoslangan, o’ziga xos demokratik milliy iqtisodiyotni shakllantira boshladi. Mamlakatda davlat va xususiy mulkchilikka asoslangan, ko’p ukladli aralash iqtisodiyot vujudga keldi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy qismini shaxsiy, guruh, shirkat, jamoa, aktsiyadorlik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklari tashkil etmoqda.
Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat xayotining poydevoridir. SHu boisdan «avval iqtisod, keyin siyosat» deydilar. Inson tirik jon bo’lgani uchun, birinchi navbatda, uning moddiy talab ehtiyoji qondirilishi kerak, chunki
unga faqat iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar hamisha iqtisodiyot bilan mashg’ul bo’ladilar, chunki shu yo’l bilan o’z risq-nasibasini yaratadilar.

Yüklə 52,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin