Mavzu: milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi


Davlat iqtisodiy siyosatining asoslari qilib quyidagilar belgilandi



Yüklə 52,94 Kb.
səhifə9/11
tarix17.02.2023
ölçüsü52,94 Kb.
#84659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Mavzu

Davlat iqtisodiy siyosatining asoslari qilib quyidagilar belgilandi:

    1. qisqa muddat ichida respublikamizni xom ashyo ishlab chiqaradigan davlatdan dunyo bozorlarida raqobat qila oladigan, tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan mustaqil iqtisodiyotga ega, qudratli davlatga aylantirish;

    2. iste’mol bozorini, avvalo, ichki resurslar hisobiga to’ldirish, aholining oziq-ovqat, kundalik sanoat tovarlariga bo’lgan ehtiyojini juda qisqa vaqt ichida to’liq ta’minlash;

v) aholi daromadlarining narx-navo bilan mutanosibligini ta’minlash, buning uchun zarur bo’lgan ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish;
g) puxta ishlangan qonunlarga asoslangan holda davlat suverenitetini (daxlsizligini) ta’minlash, birinchi navbatda, xalq manfaatlarini himoya qiladigan teng xuquqli, o’zaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatish;
d) ichki iste’mol bozori himoyasini ta’minlash, davr talabiga javob beradigan moliya-pul siyosatini ishlab chiqish, uni takomillashtirib borish va hokazo.
Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» degan asarida «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik xuquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»3 degan edi.
Respublikada bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish ularni har biri uchun konkret maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni taqozo etadi.
Birinchi bosqich butunlay yangi iqtisodiy tizimning xuquqiy negizlarini yaratishga, davlatchilikni shakllantirish va mustahkamlashga, eskicha fikrlash tarzlarini ongimizdan chiqarib tashlashga qaratilgan edi. Bu bosqichda yangi tuzum uchun ishonchli poydevor yaratish vazifasi qo’yildi. Birinchi bosqichda:

  1. O’tish jarayonini xuquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-xuquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;

  2. Qishloq xo’jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, shuningdek, yengil sanoat, qurilish va transport sohasidagi ayrim korxonalarni aktsiyadorlik asosida qayta qurish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;


  3. Yüklə 52,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin