6. “Zamonaviy moliya” ni o’rganishda 5 ta sabab. “Zamonaviy moliya” (fani)2 ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi betdagi 1.1-rasmga qarang): Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni:
o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
qiziqarli va daromadli karera qilish;
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul 1 Bu o‘rinda «jamg‘arma» so‘zini ishlatmaganimizga xafa bo‘lmang. Chunki “fond” so‘zi o‘zbek tilida ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro atamalardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV. – B. 356. 2 Bu va bundan keyingi o‘rinlarda «Zamonaviy moliya», «Zamonaviy moliya» fani, «Moliya» fani va «Moliya»lar, ayrim hollarda, teng kuchli so‘z va iboralar shakli va mazmunida ishlatilishi mumkin. 7 qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
7. Firma Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti) firma deb ataladi.
8. Korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm (o‘lcham)da bo‘ladi. Bunda, bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf (qutb)da – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p korporatsiyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya (business or corporate finance) deb ataladi.
9. Yakka egalik Yakka egalik (sole proprietorship), bitta odam yoki oilaga tegishli firma bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyatlar bir vaqtning o‘zida firma egasining mulki hisoblanadi. Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarga yoki cheklanmagan mas’uliyatga (unlimited liability) ega. Bu degani, agar firma kompaniya kreditorlarining talablarini qondirish uchun o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmasa, u holda kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.
10. Shirkat Shirkat (partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi (oila) mulki bo‘lgan firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar. Sheriklik kelishuvida, odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va firmaning daromad va zarari qanday taqsimlanishi belgilab qo‘yiladi. Kelishuvda boshqa shart belgilangan bo‘lmasa, sheriklar, xuddi yakka mulk-chilikdagi kabi, majburiyatlar bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar.