11. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari Oxir oqibat korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarfxarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak.
12. Kapital bahosi konsepsiyasi Kapital bahosi konsepsiyasi moliyaviy menejmentning muhim nazariyalaridan biri bo‘lib, kompaniyaning yuqori bozor bahosini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan investitsiya kapitali rentabelligini tavsiflaydi. Kompaniyaning bozor bahsini maksimallashtirish, foydalaniladigan manbalar bahosini ma’lum bir darajada minimallashtirish orqali erishiladi. Zero, kapital bahosi ko‘rsatkichi investitsiya loyihalarini va kompaniyaning investitsiya portfelini samaradorligini baholashda keng qo‘llaniladi.