2. Moliyaviy tizim
Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq etadi). Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi.
3. “Zamonaviy moliya” konsepsiyalar
“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga vaqt omilini hisobga olgan holda pul resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini taklif etadi.
Dostları ilə paylaş: |