5. “Zamonaviy moliya” nazariyasi
“Zamonaviy moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, 6 barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi) gan.
6. “Zamonaviy moliya” ni o’rganishda 5 ta sabab.
“Zamonaviy moliya” (fani)2 ni o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta muhim sabab bor. Ularni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin (navbatdagi betdagi 1.1-rasmga qarang): Demak, 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Zamonaviy moliya”ni:
o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
qiziqarli va daromadli karera qilish;
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul 1 Bu o‘rinda «jamg‘arma» so‘zini ishlatmaganimizga xafa bo‘lmang. Chunki “fond” so‘zi o‘zbek tilida ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro atamalardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV. – B. 356. 2 Bu va bundan keyingi o‘rinlarda «Zamonaviy moliya», «Zamonaviy moliya» fani, «Moliya» fani va «Moliya»lar, ayrim hollarda, teng kuchli so‘z va iboralar shakli va mazmunida ishlatilishi mumkin. 7 qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
7. Firma
Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot sub’ekti) firma deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |