Prudensial normativlarga kelgusidagi o‘zgartishlar ushbu o‘zgartishlar amalga kiritilishidan kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman e’lon qilinadi
Prudensial normativlarga kelgusidagi o‘zgartishlar ushbu o‘zgartishlar amalga kiritilishidan kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman e’lon qilinadi.
Prudensial nazoratni ta’minlash uchun Markaziy bank:
Prudensial nazoratni ta’minlash uchun Markaziy bank:
banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiq bo‘lishi uchun banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlar ustidan;
banklarga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar, oqilona boshqaruv ta’minlanganligi hamda tavakkalchiliklarni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar banklarning kapitali va likvidligi bilan qoplanganligi ustidan;
banklarning tavakkalchilikni boshqarish, shuningdek korporativ boshqaruv jihatidan banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Banklar o‘zining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni Markaziy bankka taqdim etishi shart.
“Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunning 45-moddasida Prudensial nazorat
Markaziy bank har yili banklar faoliyati ustidan prudensial nazorat dasturini tasdiqlaydi, bu dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
stress-test natijalari moliyaviy barqarorligida sezilarli tavakkalchiliklar mavjud ekanligini ko‘rsatgan yoki bank faoliyati banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi taxmin qilingan banklar;
tizimli ahamiyatga ega bo‘lgan banklar;
Markaziy bankning fikriga ko‘ra qo‘shimcha nazorat qilinishi talab etiladigan banklar.
Prudensial nazorat dasturi:
Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalarini amalga oshirish va resurslarni taqsimlash tartibini;
qo‘shimcha nazorat qilinishi lozim bo‘lgan banklarni aniqlash tartib-taomilini qonunchilikka muvofiq uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan choralarni;