Mavzu: moliyaviy institutlar



Yüklə 372,82 Kb.
səhifə1/5
tarix16.04.2023
ölçüsü372,82 Kb.
#98733
  1   2   3   4   5
MMT-96k-2 Teshabayev O. Moliyaviy tizim va institutlarlar Joriy

MAVZU: MOLIYAVIY INSTITUTLAR


MMT-96k-2 guruhi
Teshabayev Orif
1.Bank muassasalari faoliyatini tashkil etish
2.Bank nazoratini amalga oshirish usullari
3.Sug‘urta kompaniyalarini ahamiyati va faoliyati
4.Boshqa moliyaviy institutlar
REJA:
Moliyaviy institutlar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.
банк – бу молиянинг маҳсус фаолият соҳаси бўлиб, молия бозори орқали пул ресурсларини жамлаб, уларни иқтисодиётнинг турли самарали субъектларига манфаатли тақсимлайдиган алоҳида молиявий институт ҳисобланади. Бунда банк пул ва молиявий инструментлар ёрдамида ўзи билан боғлиқ шахслар (кредиторлар, эгалариинвесторлар, жорий операцион ҳизматидан фойданувчи мижозлар, кредит олувчилар, шериклари) рискларини маълум (келишилган) ҳақ эвазига қабул қилиб олади ва жамланган рискларни манфаатли (фойда олиш ва фойда билан таъминлаш мақсадида) диферсификациялаш асосида профессионал бошқаради.
bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida Qonunning 3-moddasida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir.
Yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan rezidentlar, shuningdek norezidentlar bank muassislari bo‘lishi mumkin.
Davlat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida boshqa davlat tashkilotlari nomidan bank muassisi va aksiyadori bo‘lishi mumkin. Ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizdan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bank muassislari va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas.
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori yuz milliard so‘mni tashkil etishi lozim.
Bankning ustav kapitali O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul mablag‘laridan yoki davlatning qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topadi, bundan quyidagi hollar mustasno:
bank aksiyalarini bankning kreditorlari orasida joylashtirish va bankning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari bo‘yicha har qanday huquqlarini (talablarini) hisobga olish yo‘li bilan ularning haqini to‘lash;
qimmatli qog‘ozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash;
bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning boshqa turdagi aksiyalariga almashtirish.
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori bank muassislari tomonidan bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza taqdim etiladigan paytgacha kiritilishi kerak. Ustav kapitaliga kiritiladigan mablag‘lar bankda ochilgan jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Tizimli moliyaviy inqiroz holatida bank aksiyalari davlat qimmatli qog‘ozlari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sotib olinishi mumkin.

Yüklə 372,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin