Mavzu: Motivatsiya nazariyalari(A. Maslou, A. Adler, Z. Freyd). motivatsion sohani tekshirish metodlari Reja



Yüklə 109,46 Kb.
səhifə4/9
tarix25.12.2023
ölçüsü109,46 Kb.
#196278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Motivatsiya nazariyalari A-fayllar.org

Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).


  • Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirshishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayonlari).


  • Muloqotning pertseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushinishlari bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixologik jarayon).

    Bu strukturaning har bir tomonini batavsil krib chiqamiz.


    Kpgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga txtalib tar ekanlar, uning qator vazifalari, funktsiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funktsiyalariga quyidagilarni kiritdi: a) ma’lumotlar almashinuvi funktsiyasi; b) xulq-atvorni boshqaruv; v) hissiyotlar almashinuvi. Bu funktsiyalar aslida G.M. Andreeva ajratgan muloqot qismlariga ham mos keladi, ya’ni har bir muloqot jarayonida Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin.
    Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o’rnatishi, o’zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir tomoni, uning axborot aspekti - kommunikatsiya sifatida namoyon bo’ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson o’zi yasagan predmetda o’zini “translyatsiya” qiladi, ya’ni o’zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (qurilgan bino, yozilgan qatorlar, o’tqazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o’zini ko’rsatadigan vositadir. CHunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. SHunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashkil etadi.
    Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o’rtasidagi kommunikatsiyani ta’minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to’g’ri tushunolmaydi. Axborot almashishda bola onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o’z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so’z belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo’ladi, o’quvchi olam haqida barcha bilimlarni o’qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya’ni til yordamida o’zlashtiradi. Bu yerda til o’zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya’ni yashash vositasi ijtimoiy - tarixiy tajribani berish va o’zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo’ladi.
    Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini ko’pincha ijtimoiy qiymatga ega bo’lmagan o’zga kishilarning bevosita tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo’l olaman. Yo’lda o’rtog’im uchrab menga: “oshxona yopilgan”, deydi. SHu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma’lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo’nayman. Bu yerda til o’zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya’ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki odamning hatti - harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo’ladi. Har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta’sir qilishdan iboratdir.
    Uchinchidan, har bir alohida odamning ish - harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning “shaxsiy” tajribasi, o’z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o’ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o’laroq, o’z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishning va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira tafakkur, hayol) quroli sifatidagi vazifasiga to’qnash keldik. So’z belgilar tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.
    O’rtog’ining boshiga tushgan kulfatdan habar topib, unga hamdardlik bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikatsiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini g’amgin tutadi, past ohangda, qo’llarini yuziga yo peshonasiga qo’ygan va boshini chayqagan holda chuqur xo’rsinib gapiradi va h.k.
    Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarida turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikatsiyada qo’llanilayotgan vositalarning axborotni so’z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og’zaki va ham nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir.
    Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan holda o’zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo’lib kelgan. Bu hol sub’ektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bola aniq - ravshan nutqni egallay boshlaydi, birinchi yoshning oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo’ladi. Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan “o-pa”, “bu-vi” kabi ohangdosh so’zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu hamoahanglikni konkret shaxslarga – ona – ota – buviga bog’laydilar va bolaga ana shu ohangdosh so’zlarning uning yaqin atrofidagi konkret shaxslar bilan bog’lanishi qaror topishiga (“bu sening buving”) yordamlashadilar. Bola so’zni talaffuz qilarkan, istaganiga erishishga - e’tibor qilishiga, erkalatilishiga, o’yinchoq kabilarga erishishiga intiladi. So’z aloqa vositasiga aylanadi. Qo’llaniladigan so’zlar soni borgan sari to’xtovsiz orta boradi va 2 yoshda bolalarning so’z boyligi haddan ziyod kengayibgina qolmasdan, balki ularning grammatik shakllarini to’g’ri ishlatishi ham mumkin bo’lib qoladi, jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo’lgan yillar davomida boyib boradi.
    Maktabda o’qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida bolalarda muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli munosabat shakllantiriladi. Til o’qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil predmetiga aylangan holda o’quvchilar oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan qonunlar ta’siriga bo’ysunadigan murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon bo’ladi.
    Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va o’quvchilarda nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli kattadir. Bu o’rinda ham o’qituvchining erkin hamda aniq -ravshan nutqi o’quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. Yuksak nutq madaniyati - o’qituvchi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning muhim shartidir. Demak, nutq faoliyati turli davrlarda o’ziga xos shakllanib, takomillashib boradi.
    Muloqotning pertseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo’ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.
    Muloqot ishtiroqchilari o’z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg’ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. SHaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va hatti-harakatlari, ular qo’llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o’zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to’g’ri keladi. Taniqli psixolog S.L.Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo’ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi ma’lumotlari mohiyatini guyo “o’qib”, ya’ni “mag’zini chaqib” chiqamiz, shu yo’sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo’lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o’qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo’ladi.

    Yüklə 109,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin