Mavzu: Motivatsiya nazariyalari(A. Maslou, A. Adler, Z. Freyd). motivatsion sohani tekshirish metodlari Reja



Yüklə 109,46 Kb.
səhifə1/9
tarix25.12.2023
ölçüsü109,46 Kb.
#196278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Motivatsiya nazariyalari A-fayllar.org


Mavzu: Motivatsiya nazariyalari A

Mavzu: Motivatsiya nazariyalari(A.Maslou, A.Adler, Z.Freyd). motivatsion sohani tekshirish metodlari
Reja:


    1. Motiv va motivatsiya.


    2. Motivlarning turlari.


    3. Motivatsiya nazariyalari (A.Maslou, A.Adler, Z.Freyd). Motivatsion sohani tekshirish metodlari.


Motivatsiya nazariyalari(A.Maslou, A.Adler, Z.Freyd). motivatsion sohani tekshirish metodlari.
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda1. Uzoq va yaqin chet ellarda o’ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo’lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va kontseptsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi g’oyalar va yo’nalishlar mujassamlashdi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontьev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi bobda berilganligi uchun ularga qaytatdan to’xtalishga hojat yo’qdir.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 (o’ttiz)dan ortiq ilmiy kontseptsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtalьtpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assotsianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.
Bixeviarizmning asoschisi Dj.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o’zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog’liq ekanligini ta’kidlab o’tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o’tilgandir. SHunga qaramasdan, ba’zi bixevioristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e’tibor qilganlar. Ular o’zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari» ni o’rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaktsiya tezligiga nisbatan namoyon bo’lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to’g’risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo’zg’atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo’zg’atuvchilar, drayvalar paydo bo’lishiga asoslangan bo’lib, ular insonning organik ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg’unlashuvi tariqasida tahlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko’ra, ikkilamchi qo’zg’ovchilar organik qo’zg’atuvchilarning go’yoki qobig’iga o’xshaydi, xolos. Vilьyam Makdugall (1871-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug’ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog’lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug’ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvonlarga bir tekis taalluqli bo’lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin. Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o’ziga xoslikka ega:
1. Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug’ullanib va xulq printsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan xulosa chiqarishga harakat qiladi.
2. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik jabhada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi.
3. Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo’lgan xulqning umumiy printsiplarini topishga intiladi.
4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o’ziga xosligini yo chetlab o’tadilar yoki o’ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar.
5. Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi motivatsiyasiga ko’chirish ishonchli dalillarga ega emas.
6. Inson motivatsiyasini o’rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug’ma ehtiyojlar kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos.
Psixoanalitik kontseptsiyalar negizida motivatsiya ortganlik ravishda inson mayllariga xosdir, degan g’oya yotadi. Ularning manbai maylni aks ettiruvchi qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi.
Z.Freydning kontseptsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o’rtasida hech qanday tafovut yo’qdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq motivalari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotib, motivatsiyaning manbai instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni muallif individning energetik potentsiyasi sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai sifatida «u» tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchi? Uningcha, «u» tushunchasining mazmuni tug’ma va o’zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq qonunlari va aql darajalari, ko’rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi Z.Freyd affektiv, impulьsiv shakldagi mutlaqlashgan qo’zg’ovchilarni nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Ushbu qo’zg’atuvchilar (turtkilar) ning impulьsivlik, taxminiylikning affektiv mohiyati, notanqiydiylik, ongli va irodaviy nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini mutlaqlashtirish bo’lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi qo’zg’atuvchilar yotadi. Z.Freyd ta’kidlab o’tgan dinamik xususiyatlar va xossalari mohiyatida motivatsiyaning chuqur asosiy manbasini ko’radi. Uning kontseptsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning transformatsiyasi ustuvor o’rin egallaydi.
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida neofreydistlar hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tahlil qilishga o’tamiz. A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo’llari hukumatga va qudratga erkdir. Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o’z ifodasini topgan ma’lumotlar mohiyati Freyd tomonidan kiritilgan psixika tushunchasi va uning harakatlantiruvchi nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko’zga tashlanadi. Xorning nuqtai nazaricha, inson qanchalardir tug’ma kuchlarga ega bo’lib, uning negizi bolalarcha yordamga muhtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi bezovtalanish tuyg’usida va tug’ma qo’rqinch hissida o’z ifodasini topadi. Xorning ta’kidlashicha, inson xulqining motivatsiyasi boshqa motivlar yordami bilan aniqlanishi mumkin, jumladan, birlamchi bezovtalanish (bolalarcha yordamga muhtojlik keltiruvchi) atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tug’diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va o’z-o’zini baholashga nisbatan ichki intilishni vujudga keltiradi. Fromm ham o’z qarashlarida libido masalasiga katta e’tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta’sir o’tkazish jarayonidir. Insonni individualizatsiyalash unda tanholik hissini vujudga keltirishga olib keladi, shuningdek, o’z qadr-qiymatini anglash sari yetaklaydi. Tanholik hissiyotidan forig’ bo’lishga intilish tuyg’usi inson motivatsiyasini va uning xulq shakllarini aniqlaydi. Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta’sir qiluvchi intim omillariga va uning motivatsiyasiga muayyan darajada ahamiyat berilgan bo’lsa-da, lekin oqibat natijada xulqning harakatlantiruvchisi sifatida anglashilmagan tug’ma kuchlar asosiy o’rinda turadi.
Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivatsiya o’ziga xos talqinga ega bo’lib, uning mohiyatini eksperimental tarzda o’rganishga, ochib berishga intilish ko’rsatkichi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890-1947) motivlarni eksperimental o’rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan. Geshtalьtpsixologiya maktabining namoyandalariga obraz tushunchasi qanchalik o’ta ahamiyatli bo’lsa, K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim xususiyat kasb etadi. Obraz va motiv o’zaro aloqasiz hukm surishi ta’kidlanadi, motivatsiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli, ma’noviy mazmuni esa inkor qilinadi. K.Levin xalqni mana bunday izohlashga intiladi, muayyan muvaqqatli mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma’no anglatuvchi ikkita motivatsion o’zgaruvchi hukm surishi tan olinadi, ularning bittasi tug’ma, hayvonlar turtkisiga o’xshash va turmush davomida egallangan faqat insongagina xos bo’lgan. Geshtalьtpsixologlarning asarlarida shunday holatlar ham mavjudkim, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy) xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport kontseptsiyasida yaqqol ko’zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqini o’zgarish sabablarini ochishdir. SHuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlarning omillarini tekshirish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab olish qiyin emas. Bu borada individning javoblari o’ziga xosligi bilan o’zaro ta’sir o’tkazish o’rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o’rnatish ham ikkinchi darajali narsa sifatida talqin qilinmaydi.
Sobiq sovet psixologiyasida inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan motivlar chuqur va yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Ularning psixologik mexanizmlari, uzluksizligini ta’minlovchi omillar, zarur shart-sharoitlar mohiyati, vujudga kelish imkoniyatlari to’g’risida juda yuzaki ma’lumotlargina muayyan darajada tartibga keltirilgan, tub ma’nodagi motivlar tabiati izchil ravishda, pedagogik va yosh psixologiyasi fanlari qonuniyatlariga asoslangan holda tadqiq qilinmagan. Bu esa respublikamizda ularning keng ko’lamda o’rganishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Motivlarning falsafiy-metodologik ahamiyati shundan iboratki, ular sabab-oqibat, ichki murakkab bog’lanishlar tuzilishini yuksak darajada rivojlangan tizim sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv esa o’z navbatida materiya rivojlanishining oliy mahsuli ekanligi to’g’risidagi xulosaga olib keladi. CHunonchi, maqsadga yo’naltirilgan va maqsadga muvofiqlashtirilgan har xil mazmundagi savollar, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlar kishilar faoliyatining ongli xususiyati ta’kidlab o’tilgan mulohazalar mohiyati tarkibiga kiradi. Motivlar tuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo’nalishga qaratish-inson shaxsiga motivatsion, irodaviy, axloqiy, hissiy, kognitiv, regulyativ ta’sir o’tkazishning omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur shart-sharoitlar yaratadi. Insonning mehnat faoliyati tizimining murakkablashuvi ishlab chiqarishda axloqiy, ma’naviy, nafosat, ruhiy tarbiya jabhalari hamda radio, televidenie va targ’ibot-tashviqot ta’sirini samarali olib borishi, kasbiy tayyorgarlikning ekstremal va stress holatlarning sharoitlari barqarorlashuvi, takomillashuvi, yaxshilanuvi, maqsadga muvofiqlashuvi kabi omillarning barchasi shaxs motiv doirasining o’zgarishiga bog’liq. Shaxsning motiv doirasi uning ehtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funktsional imkoniyatlarida o’z aksini topadi.
Motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga yondashsak, bu holda u insonlar (goho hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatining ruhiy jihatdan boshqaruvchisi sifatidagi talqinidan iborat o’ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi hayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta’kidlab o’tiladi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo’zg’atuvchilar va qo’zg’ovchilarning barcha turlari (ko’rinishlari, modalliklari, shakllari) ni o’z ichiga oladi (chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar).
Motiv keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi belgilanishiga qaramay, ko’pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma’noda talqin qilib, uni ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki ular shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaktsiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy tomonlarini o’zaro solishtiradilar, ular motivni sof ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, uning ma’noviy va ma’naviy jabhalarini hisobga olmay turib, o’ziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939) motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv – bu tajriba va reaktsiyalarning energetik jabhasidan iboratdir (ushbu ta’rifga nisbatan munosabat o’ta bahsli bo’lganligi sababli mualliflarga tanqidiy fikr bildirishni kitobning boshqa bo’limida bildiramiz).
Sobiq sovet psixologlari motivlarni tushuntirishda va uning tarkibiy qismlarini belgilashda dinamik va ma’noviy (ma’naviy) tomonlarining uyg’unligidan kelib chiqqan holda talqin qiladilar. Ularning ayrim namoyandalari qarashlarini tahlil qilish bilan cheklanamiz, xolos.
S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to’g’risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya – bu psixika orqali hosil bo’ladigan determinatsiyadir; motiv – bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog’lovchi sub’ektiv tarzda aks etish demakdir. Bizningcha, shaxs o’zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo’ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) yetakchi o’rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo’nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (his-tuyg’usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to’plangan nazariy ma’lumotlarning ko’rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta’limot mavjud. Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma’naviy va ma’noviy jabhalarini ham yuzaga keltiradi.
Motiv hissiyot bilan ham bog’liq2 bo’lib, ular xulq-atvor mohiyatidan tashqarida bo’lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan uzviy aloqaga egadir. Hissiyotning eng muhim funktsiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Hissiyotning bu sohadagi boshqa bir funktsiyasi nisbatan umumiyroq bo’lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, his-tuyg’ularga negizlik muammosi hisoblanib, uning uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog’lovchilik xususiyatiga ega bo’lgan muloqoti zaif emotsional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg’un jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, motivlar funktsional-energetik tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi.
Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexa­nizmlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning muhitini belgilaydi va dinamik, ma’naviy ta’sir etish munosaba­tini o’zida aks ettiradi. Motiv bilan qobiliyatning mu­nosabatlari psixik faollikning bevosita bajarish negizi hisoblangan faoliyat orqali namoyon bo’ladi. Motivlashgan tizimning tarkiblarini amaliyotda ro’yobga chiqaruvchi nafaqat faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki faoliyatning keyingi istiqbol rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan qorishib ketish ehtimoli darajasini ham belgilaydi. Lekin muayyan insonning funktsional im­koniyati, faoliyati va xuddi shu faoliyatning ob’ektiv to­monlarining yaqqol ro’yobga chiqishi motiv barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv) ga yo’nalganligi ham faoliyat­ning ob’ektiv shart-sharoitiga moslasha boradi. Umuman shakllanish jarayoni, shaxsning rivojlanishi motivning faoliyatiga, faoliyatning esa motivga o’zaro ta’siri bilan tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta’sirning ko’rsatkichi, mezoni vazifasini bajaradi. Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablarni anglashda, ehtiyojlarni ichdan qayta qo’rishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari yordami bilan faoliyat doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati kabilarda o’zgarishlar sodir bo’­ladi.
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma’lumotlarning paydo bo’lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o’zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini qayta qurish, ularni rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu bilan birga inson kamol topish jarayoniga, faoliyat muhiti va sharoiti asta sekin yoki tez o’zgarishi – motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta’sir etadi. Insonni mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish yuqoridagi mulohazalar mohiyatidan iboratdir. Bu o’rinda faoliyat faol vaziyat hisoblanib, mavjud ehtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan uzoqlashib boradi, so’ngra yangi qiziqish, ehtiyoj va intilishlarni shakllantiradi, motivlar mohiyati va shakllarni o’zgartiradi.
Ushbu mulohazani alohida ta’kidlab o’tish joizki, motivatsiyaning faoliyat darajasidan tashqari chiqishi ehtimoli yoki faoliyatning motivatsiya doirasidan tashqari chiqishi imkoniyati to’g’risidagi talqinlar nisbiy xususiyatga ega. Binobarin, motivatsiya faoliyatdan tashqarida va faoliyat esa motivatsiyadan alohidalikka ega degan xulosaga kelmaslik maqsadga muvofiq. Bu holatni yaqqolroq namoyish qilish niyatida quyidagi hayotiy haqiqatga murojaat qilamiz. Har bir talaba oliy maktabga o’qishga kirayotganida unda diplom olish motivi paydo bo’ladi, o’qishga joylashganda esa o’quv predmetlarini o’zlashtirish jarayoni o’qishga nisbatan intilish, ehtiyoj, qiziqish, safarbarlik kabi psixik omillar yuzaga keladi.
A.N.Leontevning fikricha, faoliyatning tuzilishi: maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar va operatsiyalardan iboratdir. Odatda faoliyat o’zining predmeti va motiviga ega bo’lib, agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o’rtasida mutanosiblik (moslik) vujudga kelsa, demak shundagina u tub ma’nodagi faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba imtihondan (reytingdan) o’tish uchungina birlamchi manbalarni o’qiydi, lekin boshqasi esa o’zini tekshirish va haqiqiy bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. Birinchi holatda talaba yoki o’quvchida motiv imtihonga qaratilgan bo’lib, o’quv predmeti mazmuni bundan mustasnodir, xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-harakatlar tizimidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi holatda esa motiv o’quv predmetini o’zlashtirishga qaratilganligi sababli uning intilishi faoliyatiga o’sib o’tadi .
Bir xil motiv - turli tarmoq. Asab tizimi qancha murakkab bo'lsa, organizm shuncha moslashuvchan bo'ladi. Odamlar ham quruvchi qush ham o'zlarining merosiy qobiliyatlarini aks ettiradigan usullarda boshpanaga muhtojliklaridan qoniqishadi. Odamlarning xulq-atvori moslashuvchan, ular uy qura olishlari uchun kerak bo'ladigan har qanday malakalarni egallay olishadi. Qushning xulq-atvor na'munasi esa qat'iy belgilangan:u faqat uyaning aynan ana shu turini qura oladi, xolos.3
Motivlarning tuzilishi bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi muammosi psixologlar tomonidan tezkorlik bilan hal qilish, yechish, tekshirish, tadqiq etish zarur bo’lgan dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko’rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko’pqirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo’zg’atuvchilar(qo’zg’ovchilar)ni turli bosqichlarda o’zaro murakkab bog’liqlikda olib qarash, ko’rish lozim, deb ta’kidlaydi. Bu ko’p bosqichli tuzilma boshqarishni anglashilgan bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendentsiyalarni o’z ichiga oladi.
Sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishining bosqichli kontseptsiyasini ishlab chiqarishda quyidagi mulohazalarga tayanganlar:
a) ongni tarixiy kelib chiqishning jarayoni bilan inson xulq-atvorini boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi;
b) ontogenezda bola shaxsini individual (yakkahol) shakllanish jarayoni bo’lmish genetik dalillarga asoslanganligi va boshqalar.
Motivlar tuzilishini genetik bosqichda shakllanish ehtimolini tahlil qilish natijasida uni sodda, bir bosqichli tizimdan murakkab, ko’p bosqichli yuksak darajaga o’sib o’tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan yaqqol ko’rsatib beriladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlarga ko’ra, sobiq sovet psixologlari motivlarning tuzilishi muomalasini tadqiq qilishda ularni dinamik va ma’noviylik tomonlarining birligi printsipidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Ular faol motivning dinamik holati haqida mulohaza yuritganlariga mazkur faoliyatning ba’zi jarayonlarida uning dinamikasi o’ta bo’rttirib talqin qilinadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqki, sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborini uning mazmuniy jabhasini alohida ko’rsatishga, ma’noviy tomonlarining birlamchiligini belgilashga yo’naltiradi.
Psixologik ma’lumotlarga ko’ra, har qanday fao­liyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. SHuning uchun ham ta’lim jarayonida o’zlashtirish, egallash va o’rga­nishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o’quvchilarda o’quv motivlari mavjud bo’lishi shart.
Bilish motivlari shaxsning (sub’ektning) gnoseologik maqsad sari, ya’ni bilish maqsadini qaror toptirishga, bi­lim va ko’nikmalarni egallashga yo’naltiriladi. Odatda bunday turdosh va jinsdosh motivlar nazariy ma’lumot­larning ko’rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga keltiradi.
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq, ezgu niyat, orzu-istak kabi qo’zg’atuvchilar ta’sirida vujudga keladi. Bularning barchasi bevosita o’quv maqsadga nisbatan tashqi omillar, sabablar bo’lib hisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar o’ta muhimroq boshqa, hukmron (etakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlash vazifasini bajaradi (yoqimsiz holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ij­timoiy yoki shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaqqat erishuv muddaosi mavjudligi va hokazo). Bu turdagi yoki jinsdagi tashqi motivlar ta’sirida ta’lim jarayonida bilim va ko’nikmalarni egallash (o’zlashtirish)da qiyinchiliklar kelib chiqadi va ular asosiy maqsadni amalga oshirishga to’sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning asosiy maqsadi o’qish emas, balki ko’proq o’yin faoliyatiga moyillikdir. Mazkur vaziyatda o’qituvchining o’qishga ularni jalb qilish niyati o’quvchilarning o’yin maqsadining ushalishiga halaqit be­rishi mumkin, lekin izoh talab dalillar yetishmaydi.
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya’ni ichki mo­tivlar turkumiga individual xususiyatli motivlar kira­diki, ular o’quvchi shaxsida o’qishga nisbatan individual maqsadni ro’yobga chiqaruvchi qo’zg’alish negizida paydo bo’ladi. CHunonchi, bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma’naviy (madaniy) darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o’xshash motiv­larning ta’sirida o’quv jarayonida nizoli, ziddiyatli ho­latlar (vaziyatlar) yuzaga kelmaydi. Albatta bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo’lishiga qaramay, ba’zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki bilimlarni o’zlashtirish uchun irodaviy zo’r berishga to’g’ri keladi. Bunday xossalarga ega bo’lgan irodaviy zo’r berishlar tashqi halaqit beruvchi qo’zg’atuvchilar (qo’zg’ovchilar) kuchi va im­koniyatini kamaytirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik psixologiya nuqtai nazardan ushbu jarayonga yondashilganda to’laqonli vaziyatgina optimal (oqilona) deyiladi.
Ta’lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o’qituvchining muhim vazifasi hisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar o’quvchilar xulq-atvorini shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shax­sini shakllantirishga, ularda maqsad qo’ya olish, qiziqish uyg’otish va ideallarni tarkib toptirishga qaratilgan bo’­ladi.
Aniq narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar in­sonning faolligi muayyan manbalar bilan uzviy bog’lanishga ega bo’lsa, uyg’unlashib borsa faoliyat motivlari darajasiga o’sib o’tadi. Psixologiyada manbalar o’z mohiyatiga ko’ra tur­kumlarga ajratib talqin qilinadi.
A) Inson ehtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki man­balar. Organizmning tabiiy ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tug’ma xususiyatli va jamoada shakllanuvchi ijtimoiy eh­tiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega bo’lishi mumkin.
Tug’ma ehtiyojlar orasida o’qishga nisbatan ma’no kasb etuvchi alohida ahamiyatga ega bo’lgan faollikka nisbatan ehtiyoj va axborot, ma’lumot, xabarlar olishga ehtiyoj mu­him rolь o’ynaydi.
Motivga genetik yondashilganda shu narsani alohida ta’kidlab o’tish lozimki, bola tug’ilganidan e’tiboran bevo­sita faollik ko’rsatishga moyillik hukm suradi: u kuladi (noverbal muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o’rin al­mashish), qo’l va oyoqlarini harakatlantiradi (moslashish), o’ynaydi (muhit-bola munosabati), gaplashadi (shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot va boshqalar). Bunga o’xshash xatti-harakatlarning o’zi ularni qoniqtiradi, voqelikni insonning axborotlarga nisbatan ehtiyojini tajribalarda ko’rsatish mumkin: agar tekshiriluvchini ma’lum vaqtga tashqi olamdan ajratib qo’yilsa, natijada uning irodasida, hissiyotida, intellek­tida buzilish sodir bo’lishi, zerikishi, irodaviy akt ti­zimi yo’qolishi, fikr yuritish jarayoni parchalanishi, il­lyuzion, gallyutsional holatlar uchrashi mumkin.
Ijtimoiy turmush sharoitida faollik va informa­tsion taqchillik odamlarni salbiy his-tuyg’u va kechinma­larga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga putur yetkaziladi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi ehti­yojlar orasida o’quv faoliyatida muhim rolь o’ynovchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli sotsial va gnostik ehti­yojlar alohida ahamiyat kasb etadi, shaxsni kamol toptirish jarayonida hukmron voqelikni egallaydi. Ularning turku­miga bilimlarga nisbatan ehtiyoj, jamiyatga foyda kelti­rishga intilish, umumbashariy yutuqlarga erishishga inti­lish kabilar kiritiladi.
B) Inson hayoti va faoliyatining ijtimoiy sharoitla­rida aniqlanuvchi tashqi manbalar. Bunday manbalarni ta­labchanlik, orzu (kutilma) va imkoniyatlar tashkil qiladi. Jumladan, talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini hamda shakli (ko’rinishi)ni taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar yordamida izohlash mumkin: ota-ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda to’g’ri o’tirishni, «rahmat» deyishni talab qilsa, maktab o’quvchidan ma’lum belgilangan vaqtda darsga yetib kelishni, o’qituvchilarga quloq solishni, berilgan vazifalarni ba­jarishni qat’iy belgilaydi. Jamiyat esa xulq, fe’l-atvor orqali ma’lum axloqiy normalar va qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish shakllari (vo­sitalari)ni egallashni hamda aniq vazifalarni bajarishga amal qilishlarini o’z fuqarolariga o’rgatadi.
Psixologiya fanining atamalari mohiyatida orzu yoki kutish jamiyatning shaxsga nisbatan munosabatini ifo­dalanish mexanizmi yotadi. Etnopsixologik stereotiplarda uyg’unlashgan xulq-atvor belgilari va faoliyatning shakl­lari o’ziga xoslikka ega. Odatda odamlar bir yoshli bola tik yurishi kerak, deb hisoblaydilar va ular bu tuhfani bo­ladan kutganligi tufayli unga alohida munosabatda bo’la­dilar. Psixologiyada kutilma tushunchasi talabdan farqli o’laroq, faoliyat yuzaga kelishi uchun umumiy muhit yaratadi.
Imkoniyatlar to’g’risida fikr yuritilganda ma’lum faoliyatning kishilar irodasi bilan bog’liq (iroda akti, sifati, printsipi) ob’ektiv shart-sharoitlarni o’zida aks ettiradi. Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo’lsa, ularning o’qish imkoniyati yuqori darajaga ko’tari­ladi. Kishilarning xulq-atvori psixologik nuqtai na­zardan tahlil qilinganda, ko’pincha ularning ob’ektiv im­koniyatlaridan chiqib, unga yondashiniladi. Agarda bola qo’liga tasodifan biologiya kitobi tushib qolsa, uning shu predmetga nisbatan qiziqishi ortishi kuzatiladi.
V) Shaxsiy manbalar – odamlar qiziqishlari, inti­lishlari, ustanovkalari va dunyoqarashlari jamiyat bilan munosabatini aks ettirishdan iboratdir. Inson faolligi­ning manbai - qadriyat orqali ifodalanib, shaxs statusi (roli)da egallana boriladi.
Jahon psixologiyasi fanining nazariy mushohadala­riga4 va o’zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik.
I. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg’unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o’lchanuvchi motivlar:
  1. Dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo’lgan g’oyaviy motivlar;


  2. Ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar:


  3. Jamiyatning axloqiy normalari, printsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar;


  4. Borliq go’zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.


II. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo’yicha umumiylikka ega bo’lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar:


  • keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, alьtruistik);


  • guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;


  • faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo’naltirilgan protsessual motivlar;


  • faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo’ljallangan rag’batlanuv, mukofot motivlari.


III. Faoliyat turlari mohiyatini o’zida aks ettiruvchi motivlar:


  1. ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar;


  2. kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o’zida namoyon etuvchi motivlar;


  3. o’qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar.


IV. Paydo bo’lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo’lgan motivlar:


  1. doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;


  2. qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar;


  3. uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar.


V. Vujudga kelishi, kechishi sur’ati bioquvvat bilan o’lchanuvchi motivlar:


  1. kuchli, qudratli, ta’sir doirasidagi shijoatli motivlar;


  2. paydo bo’lishi, kechishi o’rta sur’atli motivlar;


  3. yuzaga kelishi, kechishi zaif, bo’sh, kuchsiz, beqaror motivlar.


VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelishi xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar:


  1. aniq, yaqqol, voqe bo’luvchi real motivlar;


  2. zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar;


  3. imkoniyat (potentsiya), zohira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi motivlar.


VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga keltiruvchi motivlar.


  • biologik motivlar;


  • psixologik motivlar;


  • yuksak psixologik motivlar.





Yüklə 109,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin