Xulosa
Rasm chizish - predmet va hodisalarni grafika-rassomlik usulida tasvirlash bo‘lib, uning
asosi kolorit, shakl va kompozitsiyadir. Predmetni kuzatar ekanlar, bolalar rasmda uning
xarakterli
xususiyatlarini ifodalaydilar;
badiiy obraz yaratar ekanlar,
mazmunni aks
ettirishni o‘rganadilar; rasm chizish texnikasining boshlang‘ich
malakalarini asta-sekin
egallab, naqshning ba’zi elementlarini o‘zlashtiradilar (dekorativ rasm chizishda):
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm
asosiy o‘rin egallaydi va uchta turni o‘z ichiga oladi:
Alohida predmetlarni chizish.
Mazmunli rasm chizish.
Dekorativ rasm chizish.
Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning asosiy vazifasi–tevarak-atrofdagi
borliqni tasavvur
qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni
rivojlantirmoq,
estetik
go‘zallik hissini tarbiyalamoq, hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatmoqdir. Bu bilan
birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi–ma’lum
bir yosh uchun mos tasviriy
materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini
yaratish kabi ijodiy
bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi.