Sof
monopoliyada
tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lganligi sababli, u mavjud
mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi
va yakkahukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma
narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi
oddiy
bo‘lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab
chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi
ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik
raqobat
o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi.
Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab
chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab
chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq,
ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini
tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi
bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va
h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab
chiqaruvchisiga aylanadi.
Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‘ra
ajratish mumkin.
• tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab
chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.
Sof monopoliya
• tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va
ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
Oligopoliya
• tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular
tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud
bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.
Monopsoniya
Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra:
• monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda
monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar,
bozorlar
va
yaxlit
makroiqtisodiyot
ustidan
hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar
(firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari
MONOPOLIYA
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi
bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grekcha
«monoc» - yagona, bitta va «poleo» -
sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy
asoslari
aslida
ishlab
chiqarishga
borib
taqaladi.
|