Mavzu: Mulkchilik shaklllari o’zgarishining yo’llari va usullari


O‘zlashtirish va foydalanish, tasarruf etish va egalik qilish



Yüklə 56 Kb.
səhifə3/4
tarix12.07.2023
ölçüsü56 Kb.
#136434
1   2   3   4
Iqtisod

O‘zlashtirish va foydalanish, tasarruf etish va egalik qilish


Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy jihatlariga, ya’ni mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning ko‘rinishlariga qaytamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, mulk asos bo‘lib xizmat qiluvchi ikki tomon: foydalanish munosabatlari va o‘zlashtirish munosabatlarining birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur munosabatlarsiz, so‘zning iqtisodiy ma’nosini nazarda tutadigan bo‘lsak, mulkning o‘zi yo‘q. O‘zlashtirish munosabatlari haqida yuqorida gapirib o‘tdik. Iqtisodiy ma’nodagi foydalanish munosabatlariga kelsak (foydalanish huquqi bilan chalkashtirish kerak emas), bu holda, mehnatning ishlab chiqarish vositalari bilan o‘zaro munosabatlari jarayonini tushunish kerak, faqat shu jarayondagina tabiat ne’matlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Foydalanishning iqtisodiy munosabatlari inson tomonidan ma’lum ne’matlarni olish maqsadida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishini ifodalaydi. Ular mehnat jarayonining o‘zini va ishlab chiqarish jarayonini tavsiflaydi. Ushbu jarayonlar inson ishlab chiqarishning moddiy omillaridan foydalanishi tufayligina shunday xususiyatlarni kasb etadi.
Faoliyatning biron-bir turi natijasini o‘zlashtirish mumkin xolos. Dastavval o‘zlashtirish egalik qilish va tasarruf etish munosabatlarining birligi
asosida amalga oshirilar, bu munosabatlar bir-biridan ajralmagan bo‘lib, bir shaxsning o‘zida mujassamlashgan edi. Bu demak, egasi va idora etuvchisini aniqlash muammosining o‘zi vujudga kelmasdi. Masalan, zamindor yoki hunarmand bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish vositalarining ham tasarruf etuvchisi, ham egasi bo‘lib, o‘zlashtirish faqat unga qarashli bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish orqali amalga oshirilar edi. Demak, uning faoliyatini barcha natijalari va jamiki mahsulot to‘la-to‘kis faqat unga tegishli bo‘lgan, zero, u bir vaqtning o‘zida ham idora etish munosabatlarini, ham ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga mulk sifatida egalik munosabatlarini amalga oshirib kelgan.
Ammo savdo-sotiq, pul, yer, kredit munosabatlarining rivojlanish jarayonida egalik qilish bilan tasarruf etish munosabatlari bir-biridan ajralishidan oldinroq, foydalanish va o‘zlashtirish munosabatlarining ajralishi ro‘y berdi. Bu xodimni, ishchi kuchini, mehnatni ishlab chiqarish vositalaridan ajratish bo‘linishi ro‘y berdi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish munosabatlarini qo‘l, koranda dehqon, yollanma ishchi amalga oshirar, ishlab chiqarish faoliyati natijalarini esa, ishlab chiqarish vositalarining egasi o‘zlashtirardi. Hozirgi zamon sharoitida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish munosabatlarini yollangan xodim amalga oshiradi va ishchi kuchining egasi sifatida ish haqini o‘zlashtiradi, ishlab chiqarish faoliyatining egasi sifatida korxona xo‘jayini -tadbirkor o‘zlashtiradi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy munosabatlarning taraqqiyoti natijasida egalik munosabatlarida mulkni tasarruf etishdan ajralishi ro‘y berdi. Jumladan, qadim davrlardayoq yerga ijara va kredit munosabatlari mavjud bo‘lgan. Masalan, yer egasi yer maydonini dehqonga ijaraga beradi. Dehqon ana shu yerda mehnat qilib, ma’lum miqdorda hosil oladi, uning bir qismini esa, natura yoki renta puli ko‘rinishida yer egasi o‘zlashtiradi. Bunday o‘zlashtirish yerni idora etishga bo‘lgan alohida huquq munosabatlariga asoslanadi. Dehqonga yer uchastkasini idora etish (ijara) munosabatlari asosida hamda o‘z ishchi kuchining egasi bo‘lganligi uchun u o‘zlashtiradigan mahsulot qoladi.
Agar hozirgi zamon yirik yer xo‘jaliklarini oladigan bo‘lsak, shuni qayd etish mumkinki, yer egalari rentani yerga egalik munosabatlaorini amalga oshirishning ko‘rinishlaridan biri sifatida o‘zlashtiradi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini olib boruvchi tadbirkor foydani yerni idora qilish munosabatlarini amalga oshirishning ko‘rinishi sifatida o‘zlashtiradi, ishchi kuchidan foydalanib, unga egalik munosabatlarini amalga oshirgan yollanma qishloq xo‘jaligi xodimi esa, ish haqini o‘zlashtiradi.
Tasarruf etish va egalik qilish munosabatlari doirasida o‘zlashtirishning ikkiga ajralish jarayonini yana bir karra tushuntiramiz. Siz tadbirkorsiz va sizda bozorda ehtiyoj sezilayotgan yangi mahsulotni ishlab chiqarish g‘oyasi tug‘ildi, ammo sizning ana shu g‘oyani amalga oshirish uchun imkoniyatingiz yo‘q. Mablag‘ingiz, kapitalingiz yetishmaydi, deb taxmin qilaylik. Bu holda siz qarz olish uchun bankka murojaat qilasiz. Qarz olib, zarur mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etib, siz muhim daromadga ega bo‘lasiz. Ammo siz vaqtinchalik idora etish uchun berilgan qarzni (qarzga olingan kapitalni) qaytarishingiz shart, bundan tashqari qarz bergan bankka ustama foiz to‘lashingiz lozim. Bank qarzga berilgan kapitalning egasi sifatida, ustama foizni (bank daromadini) o‘zlashtiradi, shunday qilib, mulkka (qarzga berilgan kapitalga) egalik munosabatlarini amalga oshiradi. Nega endi egalik munosabatlarini? Sababi, kapitalning egasi bo‘lgan bank o‘z pullarini boshqacha idora etishi, ularni sizga emas, boshqa mijozga berishi ham mumkin edi.
Shuning uchun ham egalik munosabatlari mulkka egalikni amalga oshirishning eng oliy ko‘rinishidir. Siz, tadbirkor sifatida, o‘z mahsulotingizni sotishdan olingan yalpi tushumdan foydani o‘zlashtirasiz va shu tariqa sizga berilgan qarzni, vaqtincha olingan kapitalni idora etish munosabatlarini amalga oshirasiz. Aksiyadorlar kapitali bilan ham xuddi shunday bo‘ladi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin