Chekting etganda dahr bunyodin, Etti gunbad sipehri minodin. Sui’ung etti bu yetti koxi ra())i’, Najm gavharlari bila tarsiь. Etgi kox ichra yetti farzona, Degali hikmatingdin afsona. Etti afsona borchasi dilband, Ikkisi birbiriga yo’q monand. Etti gunbad agarchi minorang Etti afsona lek rangorang. Sen chekib murtafi’ yeti aflok, Munhat aylab bu tiyra markazi xok. Etti gardun demayki yetti lagan, Har biri ichra sham’ nur afgan1. Alisher Navoiy tomonidan qo’llanilgan «etti qavat osmon» yoki «etti falak» tushunchasi bevosita xalqimizning mifologik tasavvurlari asosida kelib chiqqan. «Etti qat ko’k» tushunchasining kelib chiqishi va o’zbek folklorida qo’llanilishi haqida B.Sarimsoqov shunday yozadi: «Ko’pgina xalqlardagi mifologik tasavvurlar taraqqiyoti tufayli osmon ham, yer osti dunyosi ham yetti qavat tuzilishga ega, deb tasavvur qilingan»2.
Haqiqatan ham, osmonni yetti qavatdan iborat deb tushunishga asoslangan mifologik tasavvurlar turkiy xalqlar mifologiyasida juda qadim zamonlardan buyon mavjud bo’lgan. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida ham «etti qat ko’k» birikmasi qo’llanilgan. Buyuk tilshunos olim «etti» so’zining ma’nosini izohlash maqsadida shu birikmani keltirgan3.
Folklorshunos M.Jo’raev o’zbek xalq og’zaki badiiy ijodiyotida an’anaviy tarzda qo’llaniladigan «etti falak» tushunchasi aslida ajdodlarimizning uch olam Ko’k, Zamin va Yer osti dunyosi haqidagi ibtidoiy tasavvurlarining islom mifologiyasida qayta ishlangan ko’rinishlaridan biri bo’lib, yetti raqami bilan bog’liq xalq qarashlarining bevosita ta’sirida yaratijan», deb hisoblaydi4.
Albatta, olamning fazoviy tuzilishini uch qismdan iborat deb tasavvur qilish an’anasi yettilik qurilishga asoslangan mifik talqinlarga qaraganda nisbatan qadimiy bosqich sanaladi. Dastlab olamni uch qismga, ya’ni yuqori olam (Ko’k), o’rta olam (Zamin) va quyi olam (Er osti)ga bo’lgan ajdodlarimiz ana shu qismlarning har biri o’z navbatida bir necha qatlamdan iborat deb tushungan. Voqelikni muayyan turkum va qismlarga bo’lib tavsiflashda yettilik mezonidan foydalanish qadimgi mifologiyada universal model sifatida keng qo’llanilganligi sababli olamning har bir qismi yetti qavatga bo’lingan. SHu tariqa yetti ko’k va yetti qavat yer osti olami haqidagi mifologik qarashlar yuzaga kelgan.
«Etti falak» tushunchasining kelib chikishini islom mifologiyasi bilangina bog’lab qo’yish masalani biroz cheklab ko’yadi chamasi. CHunki o’tmishda yashagan odamlarning olam to’g’risidagi asotiriy qarashlarini chuqur tadqiq etgan V.V.Evsyukovning 1988 yilda nashr etilgan bir kitobida1 osmonning yetti qismga bo’linishi va har bir qavatni o’ziga xos sifatlarga ega bo’lgan samoviy makon deb tasavvur qilish an’anasi jahonning ko’pgina xalklariga, masalan, qadimgi mayyalarga ham ma’lum bo’lganligini tasdiqlovchi ko’plab qiziqarli ma’lumotlar qayd qilingan.
Qadimgi hindlar ham osmon hamda yerni yetti qavatdan iborat deb tasavvur qilishgan. Ular zamin bilan ko’kning har bir qavati inson tanasining muayyan a’zolariga monand holda joylashadi deb o’ylashgan. Hind asotirlarida aytilishicha, odamning oyog’idan beligacha, ya’ni kindigigacha bo’lgan a’zolari yetti qavat yer timsoli bo’lsa, beldan bosh chanog’igacha bo’lgan qismdagi tana a’zolari osmonning yetti qavatiga monand deb tasavvur qilingan2.
Etti osmon yoki yetgi kat ko’k tushunchasi islom mifologiyasiga ham ma’lum bo’lgan. Jumladan, islom asotirlari tizimida yetti qat osmonning qanday qilib yaratilganligi haqida ham miflar mavjudligi ilmiy adabiyotlarda qayd qilingan. Bir asotirda aytilishicha, Allohning nazari tushganidan keyin gavhar erib, suvga aylangan va qaynagan emish. Ana shu suvdan ko’tarilgan bug’ yaratuvchining irodasiga binoan yetti qavat osmonni vujudga keltiribdi. Yetti qavat osmon ustmaust joylashgan va har bir qatning orasi besh yuz yillik yo’l emish. O’zining rangi, sifati, farishtalari va nomi bilan farklanib turadigan yetti qavat osmonning ustida esa jannat mavjud emish.
Etti qat ko’kning har bir qavatining nomlanishi, rangi, farishtalarining shaklu shamoyili va qanday nom bilan atalishi haqida Nosiruddin Burhonuddin Rabg’uziyning «Qisasi Rabg’uziy» asarida mukammal ma’lumotlar keltirilgan. Asarda yetti osmon yoki yetti qat falak to’g’risidagi mifologik tasavvurlar aks etgan bo’lib, «Sifati assamovoti» faslida keltirilishicha, ko’klar yettita bo’lib, xudo tomonidan yakshanba kuni yaratilgan. Yetti osmonning har bir qavati alohida tasvirlangan: «Ilk qat ko’k yashil zumuraddan turur, oti Rafiq turur. Farishtalari uz suratlig’, ulug’larining oti Ismoil otlig’. Ikkinchi qat ko’k kumushdin turur, oti Ruq’a turur. Farishtalari burgut suratlig’, ulug’larining oti Raqboil turur. Uchunchi qat ko’k yoqutdin turur, oti Qaydam turur. Farishtalari uy suratlig’,ulug’larining oti Ko’kboil turur. To’rtinchi qat urung yinjudin turur, oti Mo’un turur. Farishtalari ot suratlig’ turur. Ulug’larining oti Nubyoyil turur. Beshinchi qat ko’k oltundin turur, oti Ratqo, farishtalari hur suratlig’, ulug’larining oti Siftboil turur. Oltinchi qat ko’k, sarig’ yoqutdin turur, oti Zaho turur. Farishtalari vildon suratlig’, ulug’larining oti Rag’boil turur. Yettinchi qat ko’k nurdin turur, oti Aribo turur. Farishtalari odamiy suratlig’, ulug’larining oti Nurboil turur»1.