Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi me’yoriy xujjatlar asos qilib olindi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Respublikasining qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bilan bog‘lik farmonlari, farmoyishlari va asarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi hamda «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashqil etish to‘g‘risida» 1998 yil 13 maydagi 203-son qarorlari;
O‘zRST 1.0-92. O‘zbekiston Respublikasining davlat standart-lashtirish tizimi;
O‘zRST 1.1-92. O‘zbekiston Respublikasining davlat standart-lashtirish tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ruyxatdan o‘tkazish tartibi;
GOST 1.5-93. Davlatlararo standartlash ishlarini olib borish qoidalari. Standartlarning tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuniga bo‘lgan talablar;
O‘zRST 1.9-95. O‘zbekiston Respublikasining davlat standart-lashtirish tizimi. Tarmoqlar standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqish prinsiplari. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi prinsiplarga tayangan holda ishlab chiqildi:
- davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
o‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;