Mavzu: Musiqa tinglash madaniyati, musiqa ijrochiligi, musiqa madaniyati. Reja



Yüklə 43,58 Kb.
səhifə4/6
tarix11.10.2023
ölçüsü43,58 Kb.
#153703
1   2   3   4   5   6
Mavzu Musiqa tinglash madaniyati, musiqa ijrochiligi, musiqa ma-fayllar.org

Musiqa savodi. Musiqa madaniyati darslari jarayonida, musiqa savodi mustaqil dasr faoliyati sifatida amal qilmay, balki boshqa faoliyatlar jarayonida musiqa asarlari badiiy o‘rganish va ijro etish ishlarini savodxonlik asosida bajarish uchun qo‘llaniladi. Musiqa savodi mazmuni o‘quvchilarni tobora shakllantiradi va ularni doirasini kengaytirib, chuqurlashtirib boradi. Shunday qilib musiqa savodi darsning ta’limiy vasifasini bajaradi. Musiqa savodi asosiy negizi va pedagogik maqsadi, yangi dastur bo‘yicha berilgan chorak mavzulari va ularni yoritishga mo‘ljallab tanlangan kuylash va tinglashga doir asardir. Ular o‘quvchilarni kundalik musiqiy hayotidan olayotgan taassurotlari va musiqiy tajribalari va musiqiy tajribalari asosida o‘rganilishi lozim.
Musiqa savodi quyidagi etaplar bo‘yicha o‘rgatiladi.
1. Bolalar diqqatini musiqaning ifida vositalari – kuy, ritm, registr, temp, dinamik belgilarni o’rgatishga qaratish.
Ovoz sozlash va qo‘shiq ijro etishga doir bilimlar, chapak va bolalar cholg‘u asboblarida chalish qoidalariga amal qilishga o‘rgatish.
3. Musiqa ijodkorlari: “ kompozitor “, “ ijrochi “, “ tinglovchi“ hamda mavzuning mohiyati va o‘rganiladigan asarlarning mualliflari haqidagi ma’lumotlar ham o‘quvchilarninig musiqa savodi faoliyati bilim doirasini kengaytiradi.
Musiqa tinglash faoliyati turi esa umumta’lim maktablari musiqa madaniyati darslarining asosiy negizi hisoblanadi. Chunki musiqaning jonli yangrashi va uni idrok etish , uning xarakterini mazmunini ongli ravishda anglash orqali ijobiy tarzda amalga oshiriladi. O‘quvchilarning hayotiy tajribalariga tayangan holda har bir musiqa asari zamirida ma’lum bir his-tuyg‘u va fikrlar aks ettiriladi. Biz musiqa madaniyati darsining qaysi bir faoliyati turini olmaylik, u avvalo musiqani tinglab idrok etishdan boshlanadi. Shuning uchun musiqa tinglash faoliyati darsning yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Darsda tinglanadigan har bir musiqiy asar, badiiy-g‘oyaviy mazmuni jihatidan chorak, dars mazmuniga bog‘liq bo‘ladi va ilmiylik, davomiylik, izchillik tamoyillariga amal qiladi. Musiqa tinglash bir necha bosqichlar orqali amalga oshiriladi.
  • O‘quvchilar e’tiborini musiqiy asarga jalb qilish va o‘qituvchining kirish so‘zi.


  • O‘qituvchi ijrosida yoki magnit yozuvda asarni tinglash.


  • Asarni suhbat yo‘li bilan musiqiy va badiiy g‘oyaviy jihatdan oddiy tahlil qilish.


  • Asarni bir butunligicha qayta tinglash va asar haqida o‘quvchilarni umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy suhbat o‘tkazish.


Musiqa tinglash bir necha metodlar orqali amalga oshiriladi.


Ko‘rgazmalik metodi. O‘qituvchining jonli ijrosi, rasmlar, texnika vositalari orqali amalga oshiriladi.
Amaliy metodi. O‘quvchilar qiziqishini oshirib, ularni hayotiy tajribasiga bog‘lab jalb qilish.
Taqqoslash metodi. Bunda asarlar janrlari, ijrochilik xususiyatlarini ifodalash, yangrash, badiiy didni o‘stirishda muhim vazifani bajaradi.
Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish kuy yo‘nalish ritm his qilish tuyg‘ularini o‘stiradi. Musiqa darsini 5 ta faoliyati turlari (xor bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqagacha mos xarakatlar bajarish va bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish) uzviy bog‘lab olib boriladi va mantiqiy bir butunlikka erishish maqsadga muvofiqdir.
Og‘zaki metodlar. O‘qituvchi tinglanadigan asar mazmunini bolalar hayotiga bog‘lab yoritadi. Asar mazmuniga qarab, asar mualliflari haqida kelib chiqish tarixi haqidagi qiziqarli qisqa hikoya qilib berish.
Bolalar cholg‘u asboblariga jo‘r bo‘lish. Bu faoliyat turi eng qiziqarli mashg‘ulotdir, chunki bolalar cholg‘u asboblari jonli, tovushli o‘yinchoqlar sifatida har-bir o‘quvchini qiziqtiradi. Bolalar cholg‘u asboblari birinchi navbatda o‘quvchilarda ijrochilik elementlari orqali ijodkorlik, musiqiy o‘quv qobiliyatlarini rivojlantiradi. Musiqa madaniyati darslarida bolalar cholg‘u asboblaridan foydalanish yaxshi natijalar berish bilan birga darsga intiluvchanligini, qiziqishini, musiqiy o‘quvini oshiradi. Musiqa darslarida qo‘llanadigan bolalar cholg‘u asboblari 2 turga bo‘linadi. Kuychan va kuychan bo‘lmagan (shovqinli) bolalar cholg‘u asboblari.
Kuychan cholg‘u asboblarga metalafon va kselafon kiradi. Kuychan bo‘lmagan cholg‘u asboblariga: doirachalar, oddiy cho‘p qoshiqlar, kichik shiqildoqlar, barabanchalar, uchburchak, markassa va rumbalar kiradi. Bu asboblarda turli metodlar orqali foydalaniladi.
Avval bolalar kuyni tinglab, chapak chalib ritmik jo‘r bo‘ladilar. Musiqaga ritmik jo‘r bo‘lishni aniq bajarganlar, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘ladilar. Keyinchalik esa passiv bolalar ham to‘g‘ri chalishga intilishlari, maqsadida ular ham jo‘r bo‘ladilar. Bolalar cholg‘u asboblarda chalish har gal har xil cholg‘u asbobda bajariladi.
Sinfni II-guruhga bo‘lib, birinchi guruh chapak va cholg‘uda ikkinchi guruh esa, ovozda usul berib (Bum-bak, baka-baka bum) bilan amalga oshirishi mumkin.
Bolalar cholg‘u asboblarida ritmik, jo‘r bo‘lishda grafik ko‘rsatilgan ritmik tuzilmalariga qarab, chalish ham o‘quvchilar ijodkorligini oshiradi, faollashtiradi, ijrochilik malakalarini va musiqiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantiradi.
Boshlang‘ich sinflarda musiqiy ritmik harakatlar bajarish, o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvhilari, serharakat, o‘yinqaroq, diqqat e’tibori turg‘un emas, xotirasi, nutqi to‘liq rivojlanmagan bo‘lganligi sababli musiqa madaniyati darslarida musiqiy faoliyat turlari tez-tez almashinib turishi lozim. Musiqaga mos raqs va ritmik harakatlar bajarish o‘quvchilarning diqqatini jamlashda, xotirasini mustahkamlashda hamda jismonan o‘sishida katta yordam beradi. Dars davomida quyidagi harakat turlaridan foydalanish tavsiya etiladi: marsh musiqalariga qadam tashlash, yugurish, raqs, elementlarini bajarish, musiqali o‘yinlar o‘tkazish, musiqaning xarakatlarini, turli qo‘l va tana xarakatlari bilan ifodalash. Ma’lumki, milliy musiqamiz madaniyatida raqs san’ati muhim o‘rin tutadi va unga har bir bola qiziqadi. Raqs xarakatlari musiqa darsida o‘quchilar faollashuvini oshiradi. Eng muhimi shundaki, raqs va ritmik xaraktlar vositasida bolalar musiqa iqtidori ritm tuyg‘usi faol rivojlanadi. Har bir xarakat turini o‘qituvchi oldindan belgilaydi va o‘zi uni aniq, go‘zal va ifodali qilib ko‘rsatib berishi shart. Har bir xarakatni bajarishdan oldin, unga doir musiqaning mazmunini avval ongli ravishda tinglab yoki kuylab so‘ngra xarakatlar bajarishi yaxshi natija beradi. Bolalar musiqali o‘yinlarga ham juda qiziqadilar. Ko‘p musiqiy asarlar mazmunida o‘yin metodidan foydalanish mumkin. Dars jarayoni bajarilgan har bir musiqiy xarakat turi, musiqali o‘yinlar, o‘quvchilarni xotirasini mustahkamlaydi, nutqini o‘stiradi, jismoniy sog‘lom bo‘lishiga ko‘maklashadi va ruhlantirib, musiqa darsiga qiziqishini oshiradi.
Musiqiy idrok – musiqa tinglash faoliyati barcha musiqiy mashg‘ulotlarning asosidir. Musiqiy tovush balandligi, uning ritmik suratini tinglamay kuylab bo‘lmaydi. Lekin musiqa tinglash oson emas, chunki har bir musiqiy asarning xarakteri musiqaning ifoda vositalari orqali aks ettiriladi va doimiy rivojlanish va harakatda. Shuning uchun musiqa tinglashni o‘rganish kerak. Musiqa tinglashni har qanday musiqiy jarayonda – qo‘shiq kuylash, ritmik harakatlar bajarish, musiqiy cholg‘ularda jo‘r bo‘lish, musiqa savodi jarayonlarida ham o‘rganish mumkin. Musiqani eshitish va tinglashni o‘rgatish 1-sinf o‘qituvchisi oldiga bir qator vazifalarni qo‘yadi. Avvalambor o‘qituvchi musiqani boshqa san’at turlaridan farqi nimadaligini tushuntirib bermog‘i lozim. Musiqani his qilish, anglash, tushunish uchun uni tinglay olish muhimdir. Buning uchun bolalar musiqaning ifoda vositalari haqida – kuy harakati, ritmik sur’ati, registrlarning ifodaviylik ahamiyati, sur’at, dinamika, lad bo‘yoqlari (major va minor) va boshqalarni bilishlari kerak.
Asosan musiqa tinglash faoliyati quyidagi to‘rtta shartli bosqichlarda o‘tkaziladi:
  • Kirish so‘zi.


  • Asar ijrosi.


  • Tinglangan asar haqida suhbat.


  • Qayta tinglash.


Bu bosqichlar shartli deb bejiz ta’kidlamadik. Dars tuzilishi, asar mazmuni va mohiyatiga qarab bu bosqichlar qisqartirilishi yoki kengaytirilishi ham mumkin.


Birinchi sinfda kuylash malakalari Birinchi sinfda kuylash malakalarini shakllantirish bevosita musiqiy eshitish qobiliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq. Sof intonatsiyada kuylash, aniq idrok etib, tinglangan tovushni toza ijro etishdan iboratdir. Gohida musiqiy tovushlarni to‘g‘ri idrok etadigan, biroq to‘g‘ri kuylay olmaydigan o‘quvchilar ham uchrab turadi. Sinfda turli xususiyat va odatlarga ega bolalar bo‘lganligi tufayli, o‘qituvchi barcha bolalarga mos keladigan usullarni qo‘llashi kerak. Qo‘shiq kuylashni o‘rganayotganda sekin-asta takrorlash usullari bilan, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilgan holda, qo‘shiq ritmini sanagan holda ko‘zlangan maqsadga erishadilar. Bolalar ko‘pincha o‘qituvchiga taqlid qilishlarini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘qituvchi o‘quvchilarni kuylatishidan avval qo‘shiqni o‘zi ijro etib berishi lozim.

Yüklə 43,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin