Mavzu Musiqa tinglash madaniyati, musiqa ijrochiligi, musiqa ma-fayllar.org
Darsni jihozlash. Musiqa cholg‘u asbobi, reja-kospekt, qo‘shiqqa, mazmuniga mos rasm, kartochkalar, bolalar cholg‘u asboblari, magintafon (tasmasi), o‘zbek xalq cholg‘u asboblari surati.
Darsning borishi. O‘quvchilar sinfga Sh. Yormatovning “Salom maktab” musiqasi sadolari ostida kirib keladilar. O‘qituvchi salomlashib, davomatni aniqlab, o‘quvchilarni darsga hozirlaydi. Musiqa darsida qo‘shiq kuylash jarayonida qanday o‘tirish kerakligini eslatib, ovozlarini sozlab, oldingi darsda kuylangan S. Abramova musiqasi “Shamol-shamol” qo‘shig‘ini mustahkamlab, yangi “Baxtiy erkatoy”.
(T. Toshmatov musiqasi, X. Muxammad she’ri) qo‘shig‘ini jonli, ifodali qilib kuylab beradi. Qo‘shiqni mualliflari, mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati, shakli, ritmik tuzilishi, haqida so‘zlab beradi. Qo‘ishiq mazmuniga mos ko‘rgazmali qurol (rasmdan) foydalaniladi. Yangi qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatadi. Qo‘shiq xotirasida saqlanib qolish uchun qo‘shiqga mos xarakatlar bajaradi. Pirovarda uzun va qisqa musiqiy tovushlarning yuqori va pastga qarab yo‘nalishi natijasida xosil bo‘lgan ohang, kuy ekanligini tushuntiradi. Bunda kartochkalar, grafik chiziqlar, xarakatiga qarab, kuylash natijasida puxta bilishga ega bo‘ladilar. Kartochkalardagi notalarni chapakda va bolalar cholg‘u asboblarida chalish orqali mustahkamlaydilar. O‘qituvchi bolalar diqqatini o‘zbek xalq musiqasi, cholg‘u asboblari, raqs ashulalari, laparlariga qaratadi. Xususan “Chamanda gul” asarini o‘zbek cholg‘u asboblaridan birida (dutor, rubob, doira) yoki pioninada ifodalash jozibali qilib ijro etib beradi. Asarga mos rasmlar ko‘rsatiladi, xalq rasmlarini ko‘p qirrali ekanligi haqida so‘zlab o‘zbek milliy raqs xarakatlari ko‘rsatiladi. “Chamanda gul” asariga mos raqs xarakatlar bajarishni taklif qiladi. O‘qituvchi dars oxirida barcha o‘quvchilarni reyting ball tizimi bo‘yicha baholab, darsga yakun yasaydi. Uyga vazifa beradi va o‘quvchilar - O‘zbek xalq kuyi “Chamada gul” ostida sinfdan chiqib ketadilar.
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008, 141 bet.